ZULHIJJA OYI VA ILK O’N KUNINING FAZILATI
Zulhijja oyi, ilk o‘n kunining fazilatlarini bilish zarur. Alloh Odamning (a.s) tavbasini bir rivoyatga
ko‘ra muharram oyida, bir rivoyatga ko‘ra zulhijja oyida qabul qilgan.
Ibn Abbosdan (r.a.) qilingan rivoyatga ko‘ra, bu zulhijja oyining birinchi kunida bo‘lgan.
O’ninchi kuni esa qurbon bayrami. Kim shu qurbon hayit namoziga kelib, qurbonlik go‘shtidan
yeguncha hech narsa tanovul qilmasa, orqasidan ikki rakat shukr namozi o‘qigach, gunohlarini ko‘z
oldiga keltirib, pushaymon bo‘lsa, Alloh o‘sha kishini, ota-onasi va butun oila a’zolarining barcha
gunohlariii kechiradi.
Qurbonlik go‘shtining ma’lum qismini faqir va miskinlarga, yo‘qsillarga tarqatgan kishiga Alloh
Uhud tog‘ining vaznicha savob ehson etadi.
Har kim shu o‘n kun ichida sadaqa bersa, payg’ambarlarga xizmat qilganning savobini qozonadi.
Bu o‘n kun ichida bemorni ziyorat qilgan — Alloh do‘stlaridan birining ahvolini so‘ragan va ko‘nglini
olgan kabi savobga sazovor bo‘ladi.
Bu o‘n kun ichida bir yetimga yoki bir bechora, miskinga libos kiydirganga Alloh jannat libosini
kiymoqni nasib aylaydi.
Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
14
Shu o‘n kun ichida bir yetimning ko‘nglini olib sevintirganni Alloh (oxiratda) arsh soyasiga oladi.
Bu o‘n kun ichida ilm majlisida qatnashgan payg‘ambarlar majlisida ishtirok etganchalik savob oladi
Dostları ilə paylaş: |