Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/83
tarix11.02.2022
ölçüsü266,62 Kb.
#52397
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

www.ziyouz.com kutubxonasi 

53

5. Masjidlarda dunyoviy so‘zlarga muhabbat qo‘yganlar va mahshargohda shu besh xil insonlarni 



bir-bir yutib, to‘g‘ri jahannamga kirib ketadi. 

Ey, farzand!

 

Odam qancha ko‘p yashasa ham, baribir o‘ladi. So’nggi nafasida imon bilan ketish-ketmaslik, 



qabr, mahshar... va hokazo. Yo‘l tahlikalarga to‘la. Tutib qolish mumkin bo‘lgan narsa — Alloh rizosi 

uchun qilgan qullik xizmatidir. Yana Allohning yaratganlariga bergan yordam — insoniy xizmat ham 

ko‘makka kelishi mumkin. Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar: 

«Har qanday kishi o‘lib, ruhi tanini tark etgach, shunday bir ovoz keladi: 

«Sen dunyoni tark etdingmi yo dunyo seni? 

Sen dunyo yig‘dingmi yo dunyo seni yig‘dimi? 

Sen dunyoni o‘ldirdingmi yo dunyo seni o‘ldirdimi?» 

Yuvmoq uchun taxtaga olishganda uch marta ustma-ust shunday ovoz keladi: 

«Kuch-quvvatli taning bor edi. Uni bu qadar zaif qilgan nima? Juda shirin tiling bor edi. Chiroyli 

so‘zlar aytarding, go‘zal-go‘zal suhbatlasharding. Endi seni kim jim qildi? 

Qancha-qancha sen sevgan dunyoviy do‘stlaring bor edi. Qani ular? Endi qaydalar? Seni nechun 

bunday yolg‘iz tashlab ketdilar?» Kafanga o‘ralganda shunday bir tovush keladi: - «Xarjliksiz, oziqsiz 

uzun yo‘lga chiqilurmi? Borsa kelmas uzoq yo‘lga chiqqaningni bilajakmi? Ey, oxirat yo‘lchisi! Agar 

Alloh rizosini qozonib, bu yo‘lga chiqqan bo‘lsang, senga mujdalar bo‘lsin! Agar uning g‘azabiga loyiq 

holda bunday yo‘lga chiqqan bo‘lsang, holingga voy bo‘lsin!» Tobut qabr chetiga qo‘yilganda shunday 

bir ovoz keladi: «Ey, Odam farzandi! Kelib joylashajaging bu qabrdagi uy uchun qanday xozirlik 

ko‘rding? Bu qorong‘u joy uchun nur-yorug‘lik keltirdingmi?» 

Qabrga qo‘yilgach, yana bir ovoz keladi: 

«Ey, inson farzandi! Ustimda kulib yurarding, Endi ichimda yiglayapsan, Ustimda bulbulday 

sayrarding. Endi qornimda jimsan». 

Dafn ishi tugab, xalq qabrdan uzoqlashgach. Alloh taolodan bir nido keladi: 

«Ey, Mening qulim! Yolg‘iz qolding. Seni bu qorong‘u joyga — qaro yerga do‘stu yoring, tengu 

to‘shing tashlab ketdilar. Holbuki, ular sening yaqinlaring, qarindoshu do‘stlaring edilar. Bu holga 

tushmasliging uchun hech kimning biror foydasi bo‘lmadi. Sen esa, Mening amrlarimga doim qarshi 

chiqarding. Qilingan nasihatlarni tinglamasding. Endi esa haqiqatlar bilan yuzma-yuzsan. 

Seni bu qaro yerda — qorong‘u joyda yolg‘iz qoldirmoq Mening sha’nimga yarashmas. Izzatim va 

Jalolim haqqi Men senga shafqatla, rahmatla muomalada bo‘laman. Endi senga ota-ona farzandiga 

ko‘rsatgan shafqat va marhamatdan ko‘proq shafqat va marhamat ko‘rsataman. 

Seni mamnun qilmoqchiman!» deb qabrni jannat bog‘laridan bir bog‘ holiga aylantiradi va 

ichkarisini qiyomatga qadar do‘stu yorlik qiladigan hurlar va g‘ilmonlar bilan to‘ldiradi. Qiyomatgacha 

birga jannat ne’matlaridan foydalanadilar». 

Ey, Odam farzandi!

 

Seni yo‘qdan bor etgan Alloh taoloning buyukligiga, shafqat va marhamatiga boq! U naqadar 



buyuk Sultondirki, bunday gunohkor qullarining gunohini kechiradi va U na qadar marhamatli bir 

Zotki, har kun minglarcha martalab qullarining ishlarini ko‘rib, berkitadi. Biror kishining gunohini

aybini yuziga solmas! 

Uning ishlari O’z sha’niga munosib, O’z sha’niga yarashiqlidir. Qulning vazifasi — qullikka munosib 

bo‘lmoq, qulga yarashganini bajarmoqdir. Qullik mavqei — xizmat mavqeidir! Alloh taologa xizmat! 

Yaratganning xurmati uchun, rizoligi uchun yaratganlariga xizmat! 

Allohim! Biz ojiz bandalaringni so‘nggi nafasimizgacha O’zingni xizmatingda bo‘lmog‘imizni nasib 

va muyassar ayla. 

Farzandlarimizni imon va islomda sobitqadam qil. 

 

 



 


Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

54

VALHAMDU LILLAHI ROBBIL ALAMIYN.



 

VAL AQIBATU LIL MUTTAQIYN. 

VASSOLATU VASSALAMU ALA RASULIHI

 

MUHAMMADIN VA ALA ALIHI VA ASHABIHI AJMA’IYN. OMIYN!



 

 

 

Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin