Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/83
tarix11.02.2022
ölçüsü266,62 Kb.
#52397
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

SABRNING AHAMIYATI 

 

Ey, farzand!



 

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar; 

«Uch narsada sabr etgan kishi yuksak darajalarga yetadi: 

1.  Nafsining istaklariga sabrli bo‘lganning jannatda har nafasiga Alloh uch yuz daraja beradi. 

2.  Kim ibodat iztiroblariga sabr etsa, Alloh taolo o‘sha kishining sabri uchun olti yuz daraja ehson 

etadi. 


3.  Falokat qarshisida sabr etganga Alloh yetti yuz daraja ehson aylaydi!» 

Muso (a.s.) Alloh taologa shunday dedilar: 

«Allohim! Bandangga bir falokat yoki achchiq bir xabar kelsa, o‘sha quling: «inna lillaha va inna 

ilayhi rojiun», deya sabr ko‘rsatsa, buning uchun unga nima ehson etasan?» 

Alloh marhamat etdi: 

«Ey, Muso! Men o‘sha qo‘limning har nafasiga qiyinchiligi ketguncha uch yuz daraja beraman. 

O’sha falokatning ustiga yana bir falokat kelsa, qulim yana sabr qilsa, yana shunday darajalarni ato 

etaman!» 




Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

52

Ey, farzand!



 

Falokat, balo va musibatlarga sabr etish kerak. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday 

deganlar: 

«Alloh taolo bir kishining molu joniga, farzandiga bir falokat bersa, o‘sha kishi bundan shikoyatchi 

bo‘lmay, Alloh taologa shukr etishda davom qilsa va ahvolidan birovga shikoyatda bo‘lmasa, Men 

o‘sha qulimni mahshargohda azoblashdan hayo qilaman!» 

Kishi o‘zi uchun nima xayrli ekanini bilolmaydigan holga tushishi, hayot va o‘lim orasida qolib, 

birini tanlashi kerak bo’lganida shunday deyishi lozim: 

«Allohim! Men uchun yashamoq xayrli bo‘lsa, sog‘lik va ofiyat ber. O’lmoq xayrli bo‘lsa jonimni ol. 

Mening har qanday holimni eng yaxshi bilguvchi o‘zingsan!» 

Yashab, yurib turganda o‘limni orzu qilish to‘g‘ri emas. Hamda Allohdan har doim xayr-yaxshilik 

so‘rashi lozim. 

O’limdan qochib qutilish mumkin emas. O’lmaslik uchun chiranish yoki o‘limni yoqimsiz ko‘rsatish 

foyda emas, zararlidir. 

Janoza xizmatida bo‘lib, dafn paytida qabrga Alloh rizosi uchun loaqal bir kurak tuproq tashlash 

kerak. Bir valiy zot shunday rivoyat qiladi: 

«Bir kishi avvalroq o‘lgan bir kishini tushida ko‘rdi. Ahvolini so‘radi. Marhum shunday dedi: 

«Mezon (tarozu)da savobimni tortdilar, jud yengil keldi. Shunda bir kishi kelib, savob pallamga bir 

kosa qo‘ydi, savob tarafi og‘irlashdi. Shundan so‘ng Alloh taolo gunohlarimni afv etdi. 

Men o‘sha kosa nimaligini u yerdagi farishtalardan so‘radim. Farishtalar shunday

 

javob berdilar. 



«Sen bir kun bir qabrga bir kurak tuproq tashlading, O’sha xizmatingni Alloh huzurida qabul qildi. 

Otgan  bir kurak tuproq savobi tarozining savob pallasiga qo‘yildi va savob tarafi og‘ir kelishini 

ta’minladi». 

 


Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin