www.ziyouz.com kutubxonasi
47
«Ey, Abu Hurayra! Dunyoda sog‘liging joyida ekan, bilimingni orttirib, din va dunyoviy hayotingni
bilimga ko‘ra davom ettirki, o‘lganingdan so‘ng ham foydasini ko‘rasan».
Rasululloh (s.a.v.) bir hadisi shariflarida shunday deydilar: «Beshikdan to qabrgacha ilm izlang!»
Dunyoda qo‘lga kiritgan boyliging dunyoda qoladi. Boshqalarga qoldirasan. Lekin mahsharda
hisobini sen berasan.
Imom Ahmad ibn Hanbal hazratlarining huzuriga kelib bir kishi nasihat so‘radi. U zot dedilar:
«Ey, mendan o‘git so‘rovchi inson! Yaratilganlarning rizqini yaratib beruvchi, har neni yaratuvchi
Allohdir. Alloh yaratganlarining rizqiga kafil. U holda rizq qayg‘usi ne uchun?
Har kimning rizqi taqsimlanib yetkaziladi. Bir rizq uchun barcha vaqtni sarf etishga hojat bormi?
Bir sadaqaga o‘n savob berilar ekan, xasislik qilish aqlning ishimi?!
Jahannam haqdir. Bandaga gunoh qilish yarashurmi?! Har ne Allohning taqdir etishiga ko‘ra
bo‘ladi. U holda boylarga boqib, faqirlikdan xafa bo‘lish o‘rinlimi?!
Ey, mendan nasihat istagan kishi! Tinglaganlaringizdan o‘git olmoq istaganga shu qadari ham
kifoya. Amal qilmaganga ming nasihat qil, befoyda. Diqqat qilinsa, barcha nasihat shu aytilganlarning
ichidadir».
Ey, farzand!
Kambag‘allik uchun xafa bo‘lishning hech hojati yo‘q. Sabr — shodlikka yetkazuvchi doridir. Bu
haqda Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar:
«Alloh taolo bir qulining rizqini toraytiradi, qul bu holdan shikoyat qilmay sabr etsa, qulining bu
holi tufayli Alloh farishtalariga iftixor etib, shunday deydi:
«Ey, farishtalarim falon qulimga jannatda yegan har luqmasi muqobilida bir ko’shk va bir daraja
ehson etajagimga sizlar guvoh bo‘ling. Dunyoda bergan oz ne’matimga isyon etmasdan, shukr qilgani
uchun bu qulimni shu darajaga loyiq ko‘rdim».
Yana Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Ehtiyoj ichida bo‘lgani holda muhtojligini tashqariga bildirmagan kishiga Alloh bir yillik ibodat
savobini beradi va kutmagan joydan unga rizq va imkon eshiklarini ochadi».
Ey, farzand!
Chap qo‘l bilan ovqatlanma. Bu zo‘ravon va zolimlarning, mustabidlarning ishi ekani bildirilgan.
Xalqqa ochiq chehrali bo‘l. Badqovoq bo‘lma, xo‘mrayma. Xasislik qalb qattiqlashishiga sabab bo‘ladi.
Qalb yumshashi uchun jo‘mard, tanti, ya’ni saxiy bo‘lish kerak. Odamlar muhabbatini qozonish uchun
ular bilan yaxshi muomalada bo‘lish lozim. Odamlarning mehr-muhabbatini qozonish esa ham dunyo,
ham oxirat uchun zarur. Hurmatga loyiq, sevilgan insonning orqasidan yaxshi duolar qilishadi.
Mo‘min har kun birodariga duch kelganda salom berishi kerak. Rasululloh (s.a.v.) hatto go‘dakka
duch kelsalar, salom bermasdan o‘tmasdilar. Bir kishi mo‘min birodariga «Assalomu alaykum» desa,
unga o‘n savob yoziladi. Biroz kengaytirib, «Assalomu alaykum va rahmatulloh» desa, yigirma savob
yoziladi. Agar «Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh» desa, o‘ttiz savob yoziladi.
Ey, farzand!
Hech bir ishda shoshilib, talosh-tashvishga tushmaslik kerak. Chunki shoshilish shaytonning ishi.
Besh narsada shoshilish kerak:
1. Uyga mehmon kelganda dasturxon yozib, taom berishga;
2. Ojizlik bilan bir gunoh qilganda, ortidan darhol tavba va istig‘for aytib, pushaymon bo‘lishda;
3. Vaqt kirishi bilan farz namozlarini o‘qish uchun;
4. Balog‘atga yetgan qiz va erkak bolalarini turmush qurishida, uylashirishda;
5. Mayitni dafn etishda shoshilish o‘rinli.
Ey, farzand!
Gunohning har qanday turidan saqlanish kerak.
Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar:
«Sevimli sahobalarim! Qiyomatga qadar kelguchi ummatlarim! Qaysi gunoh sababli jahannamga
hukm etilishingiz, qaysi savob bilan jannatini qozonishingizni bilmaganingiz uchun gunohning har
Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: |