Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
46
TURLI MAVZULARDA O’GITLAR VA ODOBLAR
Ey, farzand!
Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Bir kishi bir musulmonni shar’iy bo‘lmagan ishdan qaytarib, to‘g‘ri yo‘lga da’vat aylasa, qiyomat
kunida Alloh taolo o‘sha kishini payg‘ambarlar bilan birga hashr etadi (qayta tiriltiradi)».
Yana Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Bir kishi bemor ziyoratiga borib, hol so‘rasa, shu kuni kechgacha yetmish farishta o‘sha kishi
uchun mag‘firat tilaydi».
Bir hadisi shariflarida hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Bir kishi bemor bo‘lgan paytda Alloh o‘sha kishiga uchta farishta yuboradi, biri bemorning og‘iz
totini, ikkinchisi kuch-quvvatini, uchinchisi gunohlarini oladi. Qachonki, o‘sha xasta tuzala boshlasa,
og‘iz mazasini olgan farishta og‘iz totini sekin-sekin qaytarib beradi. Kuch-quvvatini olgan farishta
ham olganini sekin-asta qaytaradi. Og‘ziga ta’m, taniga kuch kirib, kishi tuzalgach, gunohlarini olgan
farishta Alloh taologa shunday murojaat etadi.
«Allohim! Men ham olganim — uning gunohlarini asta-sekin o‘ziga qaytarib berayinmi?»
Alloh marhamat etadi:
«Ey, Mening farishtam! Rahmatim har nedan ziyoda va har narsani qamrovchidir. Bir qulim xasta
bo‘lgach, gunohini olib, tuzalgach gunohini qaytarib berish Menga yarashmaydi. O’sha bandamning
gunohlarini dengizga to‘k!»
Ey, farzand!
Senga bir narsa berganga sen ham bir narsa ber. Senga yomonlik qilganni kechir. Senga xiyonat
etganga, yaxshi so‘z ayt. Chunki barcha payg‘ambarlarning axloqi shunday edi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Abu Hurayraga(r.a) xitoban marhamat etadilar:
«Ey, Abu Hurayra! Xasta ziyoratiga bir mil uzoqlikda bo‘lsa ham borgaysan. Ahvolini yaxshilash
uchun, ikki millik masofani o‘tish kerak bo‘lsa, mehnatingni ayamagaysan. Bir din birodaringni,
qiyomatli do‘stingni ziyoratiga Alloh rizosi uchun uch millik uzoqlikda bo‘lsa ham borgaysan. Bilgandan
bilmaganingni o‘rganmoq uchun esa uzoqlikni xayolingga keltirib o‘tirma.
Qancha mil uzoqlikda bo‘lsa bo‘lsin, bundan qolma, qaytma».
Yaxshilik sevar bo‘l! Qilgan yaxshiligingni Alloh rizosi uchun qil! Shunday qilsang, Alloh taolo
mukofotini qat-qat bergay!»
Rasululloh (s.a.v.) Abu Hurayraga (r.a) xitoban marhamat etdilar:
«Ey, Abu Hurayra! Alloh taologa Jabroil alayhissalomday ibodatda bo‘lsang (ham), mo‘minlarni
Alloh rizosi uchun sevib, munofiqlarni Alloh uchun yomon ko‘rmaguningcha birorta ibodating qabul
qilinmaydi».
Mehmonni, musofirni ikrom etmoq ham jannatning kalitidir. Bu ochqichni qo‘lga kiritmoq
mashaqqatli emas. Nasibasi va barokati bilan kelgan mehmon, keltirganining o‘ndan birini olib (yeb)
ketadi. Qolgan to‘qqiz nasiba esa ikrom etgannikidir.
Ey, farzand!
Mahshargohning kuydiruvchi issig‘idan saqlaguvchi yagona joy — Arsh ko‘lankasida soyada
bo‘lishni istagan odam Payg‘ambarimizga (s.a.v.) ko‘p-ko‘p salovat va salom aytsin.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Abu Hurayra (r.a.) hazratlariga xitoban shunday deydilar:
«Ey, Abu Hurayra! Men bilan arsh soyasida bo‘lib, qo‘lni qo‘lga bermoqni istasang, har kun
mening haqimga yuz marta salavot va salom aytgaysan. Mahshar maydonida mening Kavsar
hovuzimdan qonib-qonib ichmoq istasang, mo‘min birodaring bilan xafalikni uch kundan ziyod davom
etkazmagaysan. Lekin, may ichuvchi va bilib harom yeguvchi kishidan uzoq bo‘lgaysan».
Ey
,
farzand!
Bilimlaringni oshirishga harakat qil. Qo‘lingdan kelganicha g’ayrat qil. Bu haqda Payg’ambarimiz
(s.a.v.) Abu Hurayraga (r.a.) murojaatan shunday deydilar: