Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/83
tarix11.02.2022
ölçüsü266,62 Kb.
#52397
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

www.ziyouz.com kutubxonasi 

17

Ey, mo‘min kishi! Tavhid kalimasini til bilan zikr etib, aslo dilda shubhaga tushma! Shubhaga 



tushish - jahannamga tushish ko‘prigi (sababchisi).   

Bunday kishiga shafoatchi yo‘q. 

Ey, farzand!

 

Kalimai tavhidni ko‘p zikr qilgin. 



Tur tog‘ida Muso (a.s.) so‘radilar: 

«Allohim! «La ilaha illalloh» deya zikr etguvchi qulingga qanday haq ato etgaysan?» 

«Ey,Muso! O’sha qulimdan rozi bo‘lib, jannati A’loda Jamolim bilan sharaflantiraman!» 

Kalimai tavhid fazilati va uni zikr etganga beriladigan haq ta’rifga sig‘mas darajada. Buning 

mukofotini Allohning O’zi tayin, taqdir va ehson etadi. 

Alloh xitob (murojaat) etadi: 

«Ey, farishtalarim! Shohid bo‘ling, tavhid kalimasini ishonib hatto bir marta zikr etgan qulimni afv 

etdim, kechirdim!» 

Ishonib tavhid kalimasini bir bor aytganning barcha gunohlari to‘kiladi. 

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadi: 

«Kim sidqidildan, ishonch bilan bir bor tavhid kalimasini zikr etsa, Alloh o‘sha kishiga jannatda 

to‘rt ming daraja ikrom etadi. To‘rg ming gunohini ham kechiradi!» 

Ashobi ikromdan savol bo‘ldi: 

«Yo Rasululloh (s.a.v.)! O’sha kishining to‘rt ming gunohi bo‘lmasa-chi?» 

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etdilarki: 

«Oila a’zolarining, qarindosh-urug‘larining, qo‘ni-qo‘shnilarining ham gunohlarini (qo‘shib) 

kechiradi!» 

Ey, farzand!

 

Tavhid kalimasini zikr etishda davomli bo‘lib, barokatidan foydalanmoq, gunohlardan forig‘ 



bo‘lmoq zarur. 

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar: 

«Mahshar maydoniga butun hayoti gunohlar bilan o'tgan bir kishini keltirishadi. Faqat nomai 

a’molida bir marta tavhid kalimasini aytgani ko‘rinadi. Barcha gunohlari tarozining bir pallasiga, tavhid 

kalimasining savobi bir pallasiga qo‘yiladi. Tavhid kalimasining savobi og‘ir kelgani uchun 

jahannamdan chiqariladi». 

Ey, farzand!

 

Tavhid kalimasining fazilati cheksiz. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir hadisi shariflarida shunday 



deydilar: 

«Banda «LA ILAHA ILLALLOH!» deya zikr etishi bilan og‘zidan bir yashil qush uchib chiqadi. Bu 

qush ko‘tarilib to‘g‘ri arshning ostiga joylashadi. Umri davomida uni aytgan kishiga Allohdan mag‘firat 

tilaydi. Mahshargohda esa o‘sha kishining qo‘lidan tutib, to‘g‘ri jannatga eltadi». 




Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin