Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc


SHAYX ZUNNUNI MISRIY O’GITI



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/83
tarix11.02.2022
ölçüsü266,62 Kb.
#52397
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

SHAYX ZUNNUNI MISRIY O’GITI 

 

Zunnuni Misriy hazratlari deydilarki: Shu o‘gitlarni tutgan kishining dunyosi va oxirati obod bo‘ladi. 



Me’dasi ovqat bilan to‘la kishining ko‘nglidan ilmu hikmat joy olmaydi. 

Gunoh qilishdan saqlangan kishilarga mujdalar bo‘lsin! 

Gunohlardan saqlanmoq yo‘li — kam yemoqdir. 

Oz yemoq, ko‘p zikr etmoq Alloh rizosiga yaqinlashtiradi. 

Allohdan qo‘rqish alomati — quyidagilardir: 

1.  Har bir ishni yaxshi niyatda boshlamoq. 

2.  Nafs bilan kurashib, uni yengish. 

3 O’limni juda yaqin bilib, so‘nggi nafasida imon bilan ketish uchun diqqat-e’tibor va andishali 

bo‘lish. 

4.  Har narsadan Alloh rizosini ustun qo‘ymoq. U rozi bo‘lmaydigan narsalardan uzoq turmoq. 

5.  Bid’atlarni, dinga keyinchalik suqilib qolgan narsalarni tashlab, sunnat bo‘lgan amallarni 

bajarish. 

6.  Hech bir gunohni kichik hisoblamaslik. 



Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

19

Alloh rizosini ko‘zlaganlar va izlaganlar bu olti narsaga amal qilsin! 



Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar: 

«Bir kishi zikr va duo majlisida bo‘lib, birga zikr etib, duolar qilsa, Alloh o‘sha kishini zikr va duo 

ahli sifatida qabul qilib, himoyasiga oladi. Alloh himoyasi ostiga olgan kishini esa aslo 

jazolantirmaydi». 

Yana Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar: 

«Aksirgan kishi «Alhamdulillah» deganida Alloh u kishini yetmish xil g’am-qayg‘u va falokatdan 

saqlaydi». 

Alloh huzurida shu to‘rt kalimadan sevimliroq bir narsa yo‘q. Bir kishi bu to‘rt kalimani shomu 

sahar yuz martadan o‘qisa, barcha xohishu istaklariga yetadi. Alloh shu duo hurmatidan o‘sha 

kishining oxirat murodini ham beradi. Mana o‘sha to‘rt kalima: 

«SUBHANALLOHI VAL HAMDU LILLAHI. VA LA ILAHA ILLALLOHU VALLOHU AKBAR. VA LA HAVLA 

VA LA QUVVATA ILLA BILLAHIL ALIYYIL AZIYM. 

Yana bir tasbeh mana bunday tarzda: 

«SUBHANALLOHI VA BI HAMDIHI SUBHANALLOHIL AZIYM». 

Bir kishi ixlos bilan shu tasbehni shomu sahar yuz martadan aytsa, Alloh o‘sha kishiga qabul 

bo‘lgan yuz haj savobini beradi. 




Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin