Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/83
tarix11.02.2022
ölçüsü266,62 Kb.
#52397
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   83
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

DO’STLASHISH ODOBI 

 

Ey, farzand!



 

Ikki do‘st va’dalariga vafodor, bergan so‘zlariga sadoqatli bo‘lishlari yaxshidir. Bir joyda ma’lum 

soatda ko‘rishmoqni ahdlashganlarida aslo kech qolmasdan, ertaroq borganlari ma’qul. 

Do‘stlar bilan uchrashganda kinoyali, qochirim so‘zlar emas, aksincha, bir-birlariga ochiq, samimiy 

hurmatni ifodalovchi so‘zlar aytmog‘i a’lodir. Bir-birini ziyorat etishlari uchun xabar berishlari, 

to‘satdan tashrif buyurmasliklari kerak. Ruxsatsiz do‘st do‘stning eshigini ochmasligi, uy egasidan 

oldin uyga kirmasligi, taklifsiz uy ichida kezmasligi lozim. 

Uyga kirib o‘tirgach, bir narsa qidirayotganga o‘xshab u yoq, bu yoqqa alanglayvermaslik kerak. 

Dasturxonga uy sohibidan oldin qo‘l uzatmaslik, oldidan taomlanish, dasturxonning har tarafiga qo‘l 

cho‘zmaslik lozim. 

Luqmani katta va tez olmaslik, ovqatlanayotganda zaruratsiz suhbatlashmaslik, uyda ko‘p 

o‘tirmaslik, uy sohibining xotini va bolalariga diqqat bilan tikilmaslik kerak. 

Uydan chiqayotganda kamtarin so‘zlar bilan xayrlashish va yana ko‘rishish uchun uyiga 

mehmonga taklif etishni unutmaslik kerak. Do‘st do‘stga imkoniyati yetganicha eng yaxshi taomlarni 

ikrom etmog‘i lozim. Qarzdor bo‘lib, iztirobga tushgan holda ikrom etishdan tiyilgan ma’qul. 

Xabar berib kelgan do‘stini uy sohibi uydan tashqari chiqib hurmat bilan salom berib, alik olib 

«Xush kelibsiz» deya yaxshi so‘zlar bilan kutib olishi va iltifot ko‘rsatishi ma’quldir. 

Mehmon uyning eng munosib joyiga, masalan, to‘rga, uy egasi undan pastroqqa o‘tirmog‘i 

muvofiqdir. Mehmondo‘stlik islomiyatda juda muhimdir. 

Mehmon kuzatilayotganda mezbon bilan oralarida xayrli duolar aytilishi ma’qul. 

Mehmon va mehmondo‘stlik, ya’ni mezbon xususida shularga diqqat qilish lozim. 

Avval mehmondan hol-ahvol so‘raladi. Dasturxon yozishda, taom tortishda sustkashlikka yo‘l 

qo‘yilmaydi. Ovqatdan so‘ng mehmon yonida uzoq o‘tirmaydi, charchagani e’tiborga olinib, tezda 

to‘shak hozirlanadi, tahoratxona va hojatxona ko‘rsatiladi. Yotguncha unga yordam beriladi. 

Ertalab ketadigan mehmonning taomi kechiktirilmaydi. Qoluvchi mehmonning xizmatida 

kamchilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Mehmon ketayotganda ma’lum bir joygacha kuzatib qo‘yish ham 

odobdandir. 


Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin