NODONLAR MAJLISIDA BO’LISH ODOBI
Ey, farzand!
Johillar qatnashgan majlisda haddan ziyoda hazillashmaslik, ko‘p gapirmaslik, ular bilan ortiqcha
opoq-chapoq bo‘lmaslik kerak. Nodon va hayotiy tajribasi kam kishilar ko‘ngilni vayron qilib, orani
buzib qo‘yishlari mumkin. Shuning uchun ularning haddan oshishlariga zamin hozirlamaslik darkor.
Iloji boricha, ular bilan ulfat bo‘lmaslik, majbur bo‘lib qolganda, o‘zni chetroq tortib, kuzatish kerak.
Bir kun Umarning (r.a.) o‘g‘li Abdulloh uyi oldida turganda, eshiklari yaqinidan bir o‘g‘il bola o‘tib
ketdi. Shunda Abdulloh yuzlarini o‘girib, uylariga kirib ketdilar. U yerda bu holni ko‘rganlar sababini
so‘raganlarida u zot:
«Men Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) eshitdim. U zot (s.a.v.) shunday marhamat etdilar: «Soqol-
mo‘ylovi chiqmagan o‘g‘il bolaga qaramoq qiz bolaga qaramoq kabi. Ularga diqqat bilan tikilib qarash
harom. O’g‘il bola bilan fe’liy munosabatda bo‘lish la’nati bir ishdir. Shu tarzda bir o‘g‘il bolani o‘pmoq,
shu yoshdagi qiz bolani o‘pmoq kabidir...»
Sufyon Savriy hazratlari bir kun hammomga bordilar. U yerda hali soqol-mo‘ylovi chiqmagan bir
o‘g‘il bolani ko‘rdilar va marhamat etdilar: «Yolg‘iz ayolning yonida har doim shayton bordir. Yosh
o‘g‘il bolaning yonida esa har doim o‘nta shayton bo‘ladi. Bu xususda diqqat-e’tiborli bo‘lish lozim».
Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
38
Dostları ilə paylaş: |