Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc


KEKSALARGA HURMAT KO’RSATISH



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/83
tarix11.02.2022
ölçüsü266,62 Kb.
#52397
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

KEKSALARGA HURMAT KO’RSATISH 

 

Ey, farzand!



 

Keksalar suhbatidan bahramand bo‘lish lozim. Ular oldida mahmadonalik qilib, so‘zlarini bo‘lib, 

fikrlari tufayli ularni uyaltirib, xijolat etish odobdan emas. 

Yoshi va mavqei sendan ulug‘larga aql o‘rgatma. So‘raganlariga bilganingcha javob ber. 

Bilmaganingni gapiraman deb o‘zingni mashaqqatga qo‘yma. Bilmaganini so‘zlagan oxirida uyatli 

ahvolga tushib qoladi. 

Ikki kishi suhbatlashayotganda orasiga suqilma. Suhbatlashayotganda xolis bo‘lishga harakat qil. 

Bir kishi bilan yuzma-yuz turib so‘zlashayotganda mahmadonalik, oliftalik qilib o‘ngga, chapga 

qarayverish uni mensimaslik sanaladi. Bu esa ayb, suhbatdosh bundan qattiq ranjishi mumkin. 

Yo‘lda keksalarga duch kelganda salomlashish, tanish bo‘lsa hol-ahvol so‘rash lozim. Keksalarga 

qo‘ldan kelganicha yordam qilib, duolarini olish kerak. Qo‘llarida yuk bo‘lsa muhaqqaq ko‘tarishga 

yordamlashish zarur. 

Keksalar bilan yo‘ldosh bo‘lganingizda, bir joyga tez yetib bormoqchi bo‘lsangiz, ruxsat olib, uzr 

so‘rab, shundan so‘nggina jadal odimlash mumkin. 

Rasululloh (s.a.v.) bir hadisi shariflarida shunday deganlar: 

«Kichiklarni yaxshi ko‘rib, mehr-shafqat bilan bag‘riga bosmagan, kattalarni, ulug‘larni hurmat 

qilishda qusurga yo‘l qo‘ygan bizdan emasdir». 


Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin