MAHALLA XIZMATI VA ODOBI
Ey, farzand!
Zarurat bo‘lmasa, mahallaning tor ko‘chalarida aylanavermaslik lozim. Notanish ayol, yosh qiz va
yigitga juda yaqin kelib, ularni xijolat etishdan, so‘z, ko‘z va boshqa harakatlar bilan ularni bezovta
qiladigan holatlardan qattiq tiyilish kerak. Ko‘chadan o‘tayotganda ochiq eshik-derazalarga,
ayvonlarga qaramaslik, dam olayotganlarning rohatini buzmaslik lozim; Qaramaslik kerak bo‘lgan
birovga bir nazar tushishi zararsiz. Ikkinchi bor boqib, gunoh qilmaslik kerak. Bu haqda hazrati Ali
(r.a.) marhamat etadilarki:
«Umrimda bir bor bo‘lsin yomon nigoh bilan hech bir ayolga qaramadim!»
Chunki shahvat bilan ikkinchi marta bir ayolga qarash ko‘z zinosi hisoblanadi. Bunday holda tavba
va istig‘for aytib, bu gunohga qaytmaslik kerak.
Kishi obro‘siga soya tashlaydigan kishilar bilan ko‘rishishdan saqlanish, shubhali joylardan uzoqda
yurishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |