Olimlar suhbatlarida qatnashishga harakat qil, odobdan tashqari so‘z va harakatlar qilma. Jamoat
Suhbatni diqqat bilan tingla. Biladigan narsangni so‘rama. Bilmaganingni so‘rab o‘rgan. Senga
aloqasi bo‘lmagan narsani o‘rinsiz surishtiraverma. Ruxsatsiz so‘zga aralashma. So‘zi, o‘zi, tili, dili
bilan ishi bir bo‘lmagan kishining nasihatida yaxshilik yo‘q. Unday kishining majlisida o‘tirib, vaqt
Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
35
Vaqt bandaga Allohning juda qimmatli ikromidir, bo‘lar-bo‘lmasga isrof etmaslik lozim.
So‘zi bilan yashashi uyg‘un bo‘lmagan kishidan uzoq bo‘lish kerak. Chunki bu munofiqlik
alomatidir. Kishiga ehtiyoji qadar dunyolik, ehtiyoji qadar oxiratlik lozim. Bularning aksini aytganga
quloq solma. Qancha so‘zlar borki, zahardan ziyod o‘ldirguvchidir. Zahar kishining hayotini so‘ndirsa,
zaharli so‘z ham dunyo hayotini, ham oxirat hayotini so‘ndiradi.
Olimlardan yaxshilikni ayamaslik kerak. Suhbatlashganda, birga yurganda hurmat saqlash lozim.
Olimga salom berish uchun tayyor turish, o‘tirilgan bo‘lsa tik turib kutib olish zarur bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: