Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
34
QO’SHNICHILIK HAQLARI VA ODOBLARI
Ey, farzand!
Qo‘shniga duch kelganda salom berib, hol-ahvol so‘rashish, xasta bo‘lsa, ziyoratida bo‘lish zarur.
Qo‘shnini ziyorat etish uchun ruxsat olish, iznsiz uyiga kirmaslik lozim. qo‘shnini xafa qiluvchi
ishlardan saqlanish kerak.
Qo‘shni biror narsa so‘rasa berish, ishi tushsa bitirishga astoydil harakat qilish kerak.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Bir kishi mo‘min birodarining ishiga yordam berib, bitirsa, Alloh o‘sha kishining 30 ta dunyoviy,
40 ta uxroviy, jami — 70 ta juda muhim ishini hal etadi».
Inson ish buzuvchi emas, qo‘ldan kelguncha ish bitiruvchi bo‘lishi kerak. Qo‘shnining‘ ishi tushsa,
uni mashaqqatga qo‘ymaslik lozim. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Qo‘shnining qo‘shnidan haqqi meros haqqiday (muhim).
Agar bu qo‘shni musulmon bo‘lsa, bu haq ikki barobar ortadi».
Faqir qo‘shnining taomlanishi uchun oziq-ovqatlar olishiga yordam berish kerak. Taom
pishirganingizda hidi qo‘shniga yetsa, albatta o‘sha pishirgan taomingizdan qo‘shningizga yedirishingiz
shart bo‘ladi. Bu haqda Rasululloh (s.a.v.) shunday marhamat etadilar:
«Bir kishi hidini uydan tashqariga chiqarib taom pishirsayu qo‘shnilariga bermasa, joyini
jahannamdan tayyorlayversin!»
Qo‘shni haqi juda muhim bir haq. Qo‘shni nochor qo‘shnisiga yeganidan yedirib, kiyganidan
kiydirishi kerak. Har ehtiyojini bitirishi kerak. Har xususda qo‘shni qo‘shnining ko‘nglini olishi, molini,
jonini, sha’nini, or-nomusini o‘zinikidan ziyodaroq ko‘rishi zarur. Bu xizmatlar oxiratda do‘zaxga to‘siq
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: