HAKAMLAR BILAN BIRGA BO’LISH ODOBI
Ey, farzand!
Hakam huzurida qarshi taraf bilan urishma. Kelishishga harakat qil. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir
hadisi shariflarida marhamat etadilar:
«Bir kishi avval da’vo qilib, so‘ngra da’vosidan voz kechsa, Alloh taolo o‘sha kishiga jannatda bir
ko‘shk hozirlaydi va darajasini ham ko‘taradi».
Hokim va hakam huzurida baqirib-chaqirmasday, g‘azablanmasdan so‘zlash va so‘zlashish lozim.
Shoshilib so‘zlash noto‘g‘ri. Shoshilib, g‘azablanib bir maqsadni amalga oshirish mushkul. Qarshi
tarafga ham insof bilan so‘zlash, shariatda ayb, uyat hisoblangan so‘zlarni aytishdan qat’iyan tiyilish
kerak. Odam o‘z so‘zining qayoqqa qarab ketayotganini, qanday oqibatlarga olib kelishini bilib, o‘ylab
so‘ylashi, ayniqsa bu odobga hakam huzurida bo‘lganda juda e’tibor etish darkor.
Og‘izga kelgan so‘zlarni aytaverish so‘zlovchi zarariga, hatto halokatiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
37
Dostları ilə paylaş: |