Microsoft Word faoliyat va xulq-atvor motivatsiyasi



Yüklə 302,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix16.11.2022
ölçüsü302,87 Kb.
#69452
1   2   3   4   5   6   7   8
“Umumiy psixologiya” fanidan

 
 
 
 
 
 
 


26 
II. bob. MOTIVLAR KLASSIFIKATSIYASI 
II. 1-§.Psixologiyada motivlar va ularni guruhlarga ajratish 
Psixologiya fanida motiv va motivatsiya kategoriyalari shaxs tuzilishining 
mag‘izi (negizi) bo‘lib hisoblanadi. Sobiq ittifoq psixologiyasida ularni faoliyatga 
bog‘lab (A.N Leontev, S.L.Rubinshteyn, V.D.SHadrikov, K.A.Abulxanova-
Slavskaya), shaxs muammosi bilan uyg‘unlashtirib (L.I.Ansiferova, V.G.Aseev, 
L.I.Bojovich, A.G.Kovalyov, E.S.Kuzmin, S.L.Rubinshteyn) va ustanovka bilan 
aloqadorligi ( D.N.Uznadze, SH.N.CHxartishvili) bo‘yicha tadqiq qilingan. Xuddi 
shu munosabatlarga binoan ularga berilgan ta’riflar ham rang-barangdir.Biz 
ta’riflarni tahlil qilish ushbu qo‘llanma predmetiga kirmaganligi tufayli ularga 
to‘xtashni ortiqchadir, deb hisoblaymiz. 
Mazkur muammoni atroflicha o‘rganib, motivga quyidagicha ta’rif berishni 
maqsadga muvofiq deb topdik: “xatti-harakatga va faoliyatga undovchi shaxsning 
anglashilgan xususiyati hisoblanuvchi, ehtiyojni aks ettirishning yuksak shakli 
sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki motiv deb ataladi”. Bu o‘rinda undovchi turtki 
ehtiyojni qondirishga intilish sifatida talqin etiladi. Bizningcha, muomala, xatti-
harakat va faoliyat motivlarining majmuasi motivatsiya deyiladi. “Motivatsiya 
doirasi” tushunchasi shaxsning muhim bo‘lagi, uning negizi sifatida muayyan 
tartibdagi motivlar tizimini ifodalovchi element tariqasida tahlil qilinadi. 
“Motivatsiya doirasi” tushunchasi motivatsiyani sistemalik ierarxik tushunishni 
aks ettiruvchi shaxs motivlari ekanligining ma’noviy tuzilishini tavsiflashda 
qo‘llaniladi, xolos. 
Motivlar ehtiyoj negizida vujudga keladi, rivojlanadi va takomillashadi. Biroq 
ehtiyoj paydo bo‘lishi bilan bir davrda uni shakllanish bosqichlariga o‘xshash 
darajalarni bosib o‘tish orqali motiv vujudga keladi. Motiv mazkur negizda 
vujudga kelib, barqarorlashib, ehtiyojning mustahkamlanishiga yordam beradi va 
o‘z 
navbatida 
ehtiyojlarning 
barqarorlashuvi 
motivatsiyaning 
samarali 
shakllanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Odatda inson faoliyati va harakatiga 
ta’sir o‘tkazuvchi jarayonda o‘zaro bog‘liq holda ehtiyoj tomonidan motiv va 


27 
maqsad aniqlanadi (belgilanadi). Harakat faoliyatning tarkibi bo‘lganligi sababli 
faoliyat maqsadi va motivi bilan boshqariladi. Lekin psixologiyada “Motiv – 
faoliyat”, “Maqsad – harakat”, “SHaroit – operatsiya” munosabatlari o‘rtasida 
qat’iy aloqa (uyg‘unlik) hukm surmaydi. 
Lekin ehtiyoj bilan motivning uzviy aloqadorligi ularning mustaqilligiga va 
o‘ziga xosligiga salbiy ta’sir etmaydi. Ularning uyg‘unlashuvi bir-birini inkor 
etishni keltirib chiqarmaydi, balki o‘ziga xos voqelikni ifodalash bilan ular o‘zaro 
farq 
qilishadi. 
Ba’zan 
psixologiyada 
“motiv” 
tushunchasini“ustanovka”,“’emotsiya”, “maqsad”, kabi atamalar ,terminlar bilan 
almashtirish hollari ham uchrab turadi. Goho “motiv” turtki, qo‘zg‘ovchi, 
undovchi kabi terminlarga ayniylashtiriladi.Ularning birisi fiziologik, ikkinchisi 
esa psixologik boshqariluv xususiyatiga ega.SHuning uchun ularni aralashtirilib 
yuborish ilmiy xatolarga olib kelishi mumkin. 
Motivlar ehtiyojlarni aks ettiruvchisi, harakat va faoliyatning boshqaruvchisi 
bo‘lganligi sababli ularni shaxsning dinamik xususiyati tarkibiga kiritish mumkin. 
Motivlar xuddi shu boisdan shaxsning yo‘nalganligi, maqsadga intilganligi bilan 
uzviy aloqadadir. Yo‘nalganlik motivga nisbatan kengroq ko‘lamga ega bo‘lgan 
tushuncha hisoblanadi. Yo‘nalganlik motivlar vujudga kelishiga ta’sir qiladi va o‘z 
navbatida motiv yo‘nalganlik shakllanishiga yordam beradi. Barqaror motivlar 
tizimi mavjudligi yo‘nalganlik shakllanganligidan dalolat beradi. Yo‘nalganlik 
maqsadga intilishni ifodalasa, motiv yordami bilan maqsadning qo‘yilishi 
aniqlanadi. 
V.I.Kovalyov tomonidan tavsiya qilingan motivlarni turkumlarga ajratish XX 
asr psixologiya fani uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Mualliflar takliflariga 
asoslanib, ularni bir necha guruhlarga ajratish mumkin. 
Birinchi guruhga taalluqli motivlar shaxsning ijtimoiy ehtiyojlari bilan 
aloqador bo‘lib, ular mohiyatining mezoni bilan o‘lchanadi: 
1) 
g‘oyaviy motivlar (dunyoqarashga aloqadordir); 
2) 
siyosiy motivlar (tashqi va ichki siyosatga munosabatning shaxs 
pozitsiyasi bilan bog‘liqligi); 


28 
3) 
axloqiy motivlar (axloq normalari va prinsiplariga asoslanadi); 
4) 
nafosat motivlari(go‘zallikka nisbatan ehtiyojda ifodalanadi). 
Ikkinchi guruhga mansub motivlar o‘zlarining vujudga kelishi, shartlanganlik 
manbai bo‘yicha umumiylikka ega (boshqariluv xususiyatlariga ko‘ra): 
A) keng ijtimoiy motivlar (vatanparvarlik); 
B) jamoaviy (kollektivistik) motivlar; 
V) faoliyatga qaratilgan motivlar (faoliyatli protsessual); 
G) rag‘batlanuv (mukofot) 
Uchinchi guruh motivlari faoliyat turiga ko‘ra: 
1)ijtimoiy-siyosiy motivlar; 
2)kasbiy motivlar; 
3)o‘qish va bilishga oid motivlar. 
To‘rtinchi guruhga motivlar o‘zining paydo bo‘lishi muddatiga ko‘ra 
umumiylikka molik: 
A) doimiy motivlar; 
B) qisqa muddatli motivlar; 
V) uzoq muddatli motivlar.
Beshinchi guruhga aloqador motivlar o‘zining vujudga kelishi quvvatiga 
qarab: 
1)kuchli (qudratli) motivlar; 
2)o‘rta sur’atdagi motivlar; 
3)bo‘sh (zaif), kuchsiz motivlar. 
Oltinchi guruhga doir motivlar xatti-harakatining vujudga kelishiga binoan: 
1)real (aniq), voqe motivlar; 
2)dolzarb (aktual) motivlar; 
3)potensial (imkoniyat) motivlar kabilar. 
Yuqoridagi tasniflashdan tashqari motivlar bosqichli shakllanish xususiyatiga 
ega bo‘lib, ular individual, jamoaviy, sinfiy, etnik, umumijtimoiy singari turlarga 
ajratiladi. SHuningdek, motiv shaxsni anglash (tushunish) jarayonida motiv 
funksiyalari o‘zgarishi vujudga kelishi tufayli uni turtki beruvchi (undovchi), 


29 
yo‘naltiruvchi, boshqaruvchi shakllari paydo bo‘ladi. Bizningcha, kasbiy 
(professional) motivlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1) ijtimoiy motivlar;
2)jamoaviy motivlar;
3) protsessual motivlar;
4) rag‘batlantiruvchi motivlar va boshqalar. 
Barqaror, yuqori ko‘rsatkichli faoliyat uchun:
1)ushbu faoliyat uchun yuqori ma’noli motivlar; 
2)motivlarning etarli kuchga egaligi;
3) motivlarning barqarorligi; 
4) muayyan tuzilishiga,tizimga, tuzilmaga ega ekanligi;
5) motivlarning muayyan ierarxiyasi hukm surishi mumkin. 
Motivatsiya muammosini tadqiq etish ma’noviy va rasmiy dinamik tahlilni 
taqozo qiladi. Ma’noviy tahlil ularning mohiyati, tizimi, tuzilishi, shakllanish 
ierarxiyasi xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘ladi. Rasmiy dinamik tahlil esa, 
ularning kuchi, barqarorligi, turlari, o‘zgarishi, dinamikligi kabi xususiyatlarni 
o‘lchashga yo‘naltiriladi. 

Yüklə 302,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin