109
7-BOB. G`AZNACHILIKDA MOLIYAVIY
MAJBURIYATLARNI VA TO`LOVLARNI AMALGA
OSHIRISH
Byudjet ijrosi jarayonida byudjet mablag‘larini saqlashni
amalga oshirish va tashkil qilish. O‘zbekiston Respublikasi
respublika
byudjetining
vaqtincha
bo‘sh
mablag‘larini
joylashtirish va ularni tijorat
banklarining depozitlariga
joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish tartibi
to‘g‘risida nizom (Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 22 maydagi
135-son qaroriga 1-ilova). O‘zbekiston Respublikasi Davlat
byudjeti pul mablag‘larini kassali rejalashtirish va boshqarish
tartibi to‘g‘risida nizom (Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29
avgustdagi 245-son qaroriga 1-ilova).
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari
: kirish ma’ruzasi, insert
jadvali, klaster
7
.1. Moliyaviy majburiyatlar, ularni qabul
qilishning umumiy qoidalari
Yuqondagi bobda ko`rib o`tilganidek, yuridik majburiyat
budjet tashkiloti bilan kontragent o`rtasida maium muddatdan
so`ng maium bir tovarni yetkazib berish (ishlar
bajarish,
xizmatlar ko`rsatish) to’g’risida shartnoma imzolanganidan va
bu shartnoma tegishli tartib-da g`aznachilikda ro`yhatdan
o`tkazilganidan keyin vujudga kelar ekan.
Moliyaviy majburiyat esa ana shu shartnomaga muvofiq
tovarlar etkazib berilganidan (ishlar bajarilganidan, xizmatlar
ko`rsatilganidan) keyin vujudga keladi. Budjet Kodeksida
belgilab qo`yilishicha,
"moliyaviy majburiyatlar -
budjet
tashkilotlarida va budjet mablag`lari oluvchilarda ularga pul
mablag`larini o`tkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu
jumladan,
ijro
hujjatlari
asosida
yuzaga
keladigan
majburiyatlar"
7
hisoblanadi.
Moliyaviy
majburiyatlarni
G'aznachilikda
ro'yxatga
olishdan ko 'zlangan asosiy maqsad - qabul qilingan yuridik
majburiyatlar, tasdiqlangan budjet va xarajatlar smetasi
ko`rsatkichlari
doirasida
xarajatlarni
amalga
oshirishni
ta^minlash hamda budjet tashkilotlarining kreditor qarzliklarini
nazorat qilish.
Moliyaviy majburiyatning yuzaga
kelishi tegishli hujjatlar
bilan tasdiqlanishini talab etadi. Masalan, tovarlar yetkazib
berilganligmi tasdiqlovchi hujjat bo`lgan
schyot-fakturalar,
ishlar
bajarilganligi
yoki
xizmatlar
ko`rsatilganligini
tasdiqlovchi
qabul qilib olish-topshirish dalolatnomalari, ish
haqi qaydnomalari (vedomostlar) va boshqa shu kabi hujjatlar.
Mazkur hujjatlar tegishli vakolatga ega boigan masiil shaxslar
tomonidan imzolanishi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi
shart.
Amaldagi
qonunchilik
talablariga
ko`ra,
budjet
tashkilotlari oldindan, kanruda, 15 foiz to`lovni amalga
oshirishlari talab qilinadi, bundan O`zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar mustasno.
Ayrim hollarda Vazirlar Mahkamasi tomonidan budjetdan
mablag` oluvchilarmng xarid qilishda 15 foizdanortiq miqdorda
avans to`lashi lozim bo`lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning
turlari ro`yhati tasdiqlanadi. Masalan, Vazirlar Mahkamasining
2011-yil, 24-avgustdagi 241 -son qaroriga muvofiq, elektr
energiyasi, mazut, ko`mir, benzin, dizel yoqilg`i,
mineral
o`g`itlar shuningdek, avia va temir yo`l chiptalari, sanatoriylar,
dam olish zonalari va bolalar sogiomlashtirish oromgohlariga
yo`llanmalar, barcha turdagi shahar yoiovchi transporti yo`l
7
O`zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi. 3-modda. O'RQ-360-son.
131
111
kartochkalari kabilarni xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda
(30 foizdan 100 foizgacha) oldindan to`lov joriy etilgan
8
.
2007-sonli "Davlat budjeti g’azna ijrosi qoidalari"ga
muvofiq, budjetdan mablag` oluvchilarning ikkinchi tomon
oldidagi moliyaviy majburiyatlari ularga tovar (ish, xizmat)lar
yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar,
shu jumladan, ish
haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlarni hisoblash vedomostlari
asosida qabul qilinadi
9
.
Moliyaviy majburiyatlar, ish haqi va unga tenglashtirilgan
xarajatlar, shuningdek, sud qarorlari bo`yicha to`lovlar,
yig`imlar, badallar, soliqlar va boshqa majburiy to`lovlardan
tashqari, oldin tuzilgan shartnomalar va yuridik majburiyatlar
qabul qilinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar doirasida
qabul qilinadi.
I va II guruh xarajatlari bo`yicha
moliyaviy majburiyatlar
ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar to`lovi uchun naqd
pul mablag`larini olishga so`rovnoma, shuningdek, ushbu
guruhlar
xarajatlari
bo`yicha
to`lov
topshiriqnomalari
asosidaro`yhatga olinadi.
G`aznachilik bo`linmalari g’azna hisobvaraqlaridan to`lov
topshiriqnomalar asosida tashkilot va muassasalarni saqlash,
markaz-lashtirilgan tadbirlarni o`tkazish, kapital qo`yilmalar va
boshqa maqsadlar uchun to`lovlarning tasdiqlangan xarajatlar
smetasi va kapital qo`yilmalar limitlari doirasida amalga
oshiradi.
Dostları ilə paylaş: