Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


«Ular (bu misolni) Sizga faqat talashib-tortishish uchungina keltirdilar. Axir



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/210
tarix31.12.2021
ölçüsü0,54 Mb.
#49587
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   210
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

«Ular (bu misolni) Sizga faqat talashib-tortishish uchungina keltirdilar. Axir 
ular xusumatchi-urushqoq qavmdirlar!» (Zuxruf surasi,  58). 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qur’on xususida talashib-tortishish 
kufrdir» (Abu Dovud, Ibn Hibbon rivoyati). 
 
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilarki: «Alloh eng yomon ko‘radigan kimsa ashaddiy xusumatchidir!» (Buxoriy, 
Muslim rivoyati). 
 
Rivoyat qilinishicha, kimki xusumatlashayotganda bilmasdan turib tortishsa, to 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
tortishuvni bas qilmaguncha g‘azab ostida bo‘ladi. 
 
Boshqa bir rivoyatda shunday deyilgan: «Doim xusumatlashib yurishing gunohkor 
bo‘lishingga kifoya qiladi». 
 
Asarda kelganki: «Sizlarning ustingizdagi narsalarning eng qo‘rqinchlirog‘i – olimning 
adashishi, munofiqning Qur’on xususida talashib-tortishishi va bo‘yningizni kesadigan 
dunyo». 
    
Fasl 
 
Gapirganda farosatu balog‘at bilan so‘zlayman deb chiranish, xuddi notiqlarday viqor 
bilan tushunish qiyin bo‘lgan jumlalarni so‘zlash va saj – qofiyali qilib gapirishga urinish 
ortiqcha takalluf hisoblanib, makruhdir. Aksincha, tinglovchi darhol anglab oladigan 
sodda, tushunarli qilib so‘zlash lozim. 
 
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam aytdilar: «Albatta Alloh sigir kavsh qaytargani singari tiliga erk beradigan 
so‘zamol kishilarni yomon ko‘radi» (Termiziy rivoyati). 
 
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: «Albatta sizlarning menga eng suyukligingiz va qiyomat kuni o‘rningiz yaqini – 
axloqi go‘zalingizdir. Sizlarning menga eng yoqimsizingiz va qiyomat kuni mendan eng 
uzog‘ingiz – mahmadonalar, tahqirlovchilar va safsatabozlardir» (Termiziy rivoyati). 
 
Bilginki, agar haddan oshish va bemavridlik bo‘lmasa, xutba-yu, ma’ruzalarda chiroyli 
uslubda so‘zlash hech qoralanmaydi. Chunki ular qalblarni Alloh taoloning toatiga 
ishtiyoqli qilish maqsadida aytiladi. Bu borada esa nutqning go‘zal va ravon bo‘lishi katta 
ahamiyatga molikdir. Vallohu a’lam. 
 
 
O‘n uchinchi gunohi kabira 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin