www.ziyouz.com kutubxonasi
62
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qaysi qavm orasida zino va sudxo‘rlik
avj olsa, ular o‘zlariga Allohning azobini halol qilgan bo‘ladilar» (Abu Ya’lo rivoyati).
Abdulloh ibn Hanzala roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam aytdilar: «Kishining bilaturib sudxo‘rlikdan yegan bir dirhami o‘ttiz olti marta
zino qilganidan og‘irroqdir» (Imom Ahmad, Tabaroniy rivoyati).
Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Sudxo‘rlikning yetmish ikkita turi bo‘lib, ularning eng kichigi kishining onasiga
yaqinlik qilishi bilan barobardir. Sudxo‘rlikning eng yaramasi esa, kishining o‘z birodari
nomusiga tajovuz qilishidir» (Tabaroniy rivoyati).
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytgan ekanlarki: «Sudxo‘rlikda yetmish ikkita
gunoh bo‘lib, ularning eng kichigi musulmonning o‘z onasiga yaqinlik qilishi bilan
barobar. Sudxo‘rlikdan topilgan bir dirham o‘ttizdan ortiq zino qilishdan og‘irroqdir».
Yana aytgan ekanlar: «Alloh qiyomat kunida yaxshi-yu yomonga turish uchun izn beradi.
Sudxo‘rlar esa bundan mustasno. Chunki ular: «jin chalgan – majnun kabi turadilar»
(Ibn Abu Dunyo, Bag‘aviy rivoyati).
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu aytganlar: «Foiz oluvchi (sudxo‘r) ham, beruvchi ham
do‘zaxdadir».
Qatoda roziyallohu anhu aytadilar: «Sudxo‘rlar qiyomat kunida jinni holida tiriladilar. Bu
ularning alomati bo‘lib, mahshargohdagilar ularni shundan tanib oladilar».
Xabarlarda vorid bo‘lishicha, sudxo‘rlar o‘z qilmishlarida ishlatgan hiylalari sababli
«shanba sohiblari» kabi it va to‘ng‘iz suratida qayta tiriladilar. «Shanba sohiblari»
haddan oshgan yahudiy kimsalar bo‘lib, avvaliga Alloh ularni shanba kuni baliq
ovlashdan qaytargan edi. Ular hovuzlar qazib, shanba kuni baliqlarni unga qamab olar
va keyingi kuni ovlar edilar. Shunday hiyla ishlatib hadlaridan oshganlari sababli Alloh
ularni maymun va to‘ng‘izlarga aylantirib qo‘ygan edi.
Sudxo‘rlar ham o‘zlaricha turli hiylalarni ishlatadilar. Alloh taologa ularning hiylalari
maxfiy emas.
Ayyub Saxtiyoniy aytgan ekanlar: «Ular xuddi yosh bolani aldamoqchi bo‘lgandek,
Allohni aldamoqchi bo‘ladilar. Agar ishga ongli ravishda yondoshganlarida edi, o‘zlariga
oson bo‘lardi».
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Sendan qarzdor kishi biron narsa hadya qilsa,
olma. Chunki bu ish sudxo‘rlikdir».
Hasan roziyallohu anhu aytganlarki: «Agar bir kishi sendan qarzdor bo‘lsa, uning
xonadonidan yegan narsalaring senga harom bo‘ladi».
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu yana aytadilar: «Kim bir kishi uchun vositachalik qilsa-yu
unga (narigi kishi) hadya bersa, u (hadya) haromdir. Quyidagi hadis gapimni
tasdiqlaydi: «Kim bir kishi uchun vositachilik qilsa, buning evaziga unga hadya berishsa
va u hadyani qabul qilsa, batahqiq, u sudxo‘rlik eshiklarining kattasiga yaqinlashgan
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
63
bo‘ladi» (Abu Dovud rivoyati).
Din, dunyo va oxirat ishlarida Alloh taolodan afv va ofiyat tilaymiz.