Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/210
tarix31.12.2021
ölçüsü0,54 Mb.
#49587
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   210
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

Fasl 
 
Mo‘minlarning orasiga nifoq solishdan, shuningdek, hayvonlarni urishtirishdan 
ogohlantirish xususida 
 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Shayton arab yarim orolida o‘ziga 
namozxonlar ibodat qilishidan umidini uzdi. Biroq ular orasiga nifoq solishidan umidini 
uzgani yo‘q» (Muslim rivoyati). 
 
Ikki odam orasiga nizo soladigan va ular o‘rtasida bir-biriga ozor beradigan gaplarni 
tashiydigan har kimsa shayton guruhidan bo‘lgan chaqimchidir, eng yaramas odamdir. 
Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Sizlarga eng yomon, eng 
yaramaslaringiz kimlar ekanini xabar qilayinmi?! Ular chaqimchilik qilib yuruvchilar, yor-
do‘stlar orasini buzuvchilardir» (Imom Ahmad rivoyati). 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Chaqimchilar jannatga kirmaydi» 
(Muttafaqun alayh). 
 
Chaqimchi – odamlar orasida, «falonchi sen haqingda undoq dedi, «falonchi bundoq 
qildi» kabi gaplarni tashuvchi kimsadir. Biron yomonlikdan ogohlantirish uchun yoki 
boshqa bir foydani ko‘zlab xabar keltirish bundan mustasno. 
 
Jonivorlarni bir-biriga gij-gijlab urushtirish ham haromdir. Xo‘roz, qo‘chqor, it va boshqa 
barcha jonivorlarni urishtirishdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaytarganlar. Kim 
bu ishni qilsa, Alloh va rasuliga osiy bo‘ladi. Shuningdek, xotinni eriga, qulni xo‘jayinga 
qarshi qayrash ham harom. 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Xotinni eriga va qulni xo‘jayiniga 
qarshi aldab yo‘ldan urgan kimsa bizdan emas» (Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Hibbon 
rivoyati). 
 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin