Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
11
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Menga do‘zaxga birinchi bo‘lib kiradigan uch toifa ko‘rsatildi.
Zolim amir,
molidagi Alloh haqini ado qilmaydigan boy va mutakabbir kambag‘al» (Ibn Xuzayma, Ibn
Hibbon rivoyati).
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam aytdilar: «Kimda-kim takabburlik qilib kiyimini sudrab yursa, qiyomat kunida
Alloh unga qaramaydi» (Buxoriy rivoyati).
Salama ibn Akva’ roziyallohu anhudan: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning huzurlarida chap qo‘li bilan taom yedi. «O‘ng qo‘lingda ye»,
degandilar,
«Yeyolmayman», dedi. Shunda Nabiy: «Yeyolmay qol», dedilar. Uni o‘ng qo‘lda
yeyishdan faqat kibr to‘sib turgan edi. Shundan keyin u o‘ng qo‘lini og‘ziga olib
borolmaydigan bo‘lib qoldi» (Muslim rivoyati).
Ayrim salafi solihlar aytganlarki, Allohga osiylik qilib sodir etilgan birinchi gunoh kibrdir.
Alloh taolo aytadi:
Dostları ilə paylaş: