Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


«... (Chunki u Kunda) ularga Alloh tomonidan ular o‘ylab ham ko‘rmagan



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/210
tarix31.12.2021
ölçüsü0,54 Mb.
#49587
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   210
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

«... (Chunki u Kunda) ularga Alloh tomonidan ular o‘ylab ham ko‘rmagan 
narsalar – azoblar ko‘rindi» (Zumar surasi, 47), oyati haqida shunday deyilgan: 
«Ular dunyoda ayrim amallarni qilib, ularni yaxshi ish, deb o‘ylab yurishardi. Qiyomat 
kunida esa, bu amallarning yomon ekani ma’lum bo‘lib qoldi». Ayrim salafi solihlar bu 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
9
oyatni o‘qigan vaqtlarida: «Riyokorlarga vayl bo‘lsin», der edilar. 
 
Riyokorlar qiyomat kunida to‘rtta nom bilan chaqiriladi: «Ey riyokor, xiyonatkor, ey fojir, 
ey ziyonkor, bor, kim uchun amal qilgan bo‘lsang, o‘shandan ajr-mukofotingni olaver. 
Bizning huzurimizda sen uchun ajr yo‘q». 
 
Hasan (rahmatullohi alayh) aytganlarki: «Riyokor o‘zi haqidagi Allohning taqdiridan 
g‘olib bo‘lishni xohlaydi. U o‘zini «solih» deb atashlarini istaydi. Uni qanday qilib solih 
desinlar, holbuki, u Parvardigori tomonidan tuban o‘ringa tushib qolgan bo‘lsa. 
Mo‘minlarning qalblari uni tanib, ajratib olishlari shart». 
 
Qatoda roziyallohu anhu shunday deydilar: «Agar banda riyo qilsa, Alloh: «Bandam Meni 
qanday masxara qilayotganini qaranglar», deydi. 
 
Rivoyat qilinishicha, Umar roziyallohu anhu bo‘ynini egib olgan kishini ko‘rdilar va unga: 
«Ey bo‘yin egasi, bo‘yningni ko‘tar. Xushu’ bo‘yinlarda emas, qalblarda bo‘ladi», dedilar. 
 
Abu Umoma Bohiliy roziyallohu anhu masjidda sajda qilgan holida yig‘lab duo qilayotgan 
kishining oldiga keldi-da: «Sen yaxshisan (ya’ni, bu ishing yaxshi), faqat bu ishni 
uyingda qilganingda edi», dedilar. 
 
Muhammad ibn Muborak Suvariy aytadilar: «Xushxulqingni tunda izhor qil, bu ish 
kunduzi izhor qilganingdan yaxshiroqdir. Chunki kunduzgi xushxulqliliging maxluqlar 
uchun, kechqurungi intilish olamlar Parvardigori uchundir». 
 
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu riyokorning uchta alomati bo‘lishini bayon qilganlar: 
«Yolg‘iz o‘zi bo‘lsa, dangasalik qiladi, odamlar davrasida serg‘ayrat bo‘ladi, odamlar 
maqtagan ishni ko‘paytirib, qoralagan ishni kamaytiradi». 
 
Fuzayl ibn Iyoz aytganlar: «Odamlar sababli bir ishni tark etish – riyo, odamlar sababli 
bir ishni qilish – shirkdir. Alloh seni shu ikkisidan omon saqlashi esa ixlosdir». 
 
Alloh taolodan bizni amallarimiz, so‘zlarimiz va barcha holatlarimizda ixlosli etmog‘ini 
so‘raymiz. 
 
 
Uchinchi gunohi kabira 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin