Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


«Eslang, (ey Muhammad), Alloh Kitob berilgan kimsalardan «Albatta, u



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/210
tarix31.12.2021
ölçüsü0,54 Mb.
#49587
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   210
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

«Eslang, (ey Muhammad), Alloh Kitob berilgan kimsalardan «Albatta, u 
(Kitobni) odamlarga ochiq bayon qilursizlar va yashirmaysizlar!» deb ahd-
paymon olgan edi. So‘ng ular bu ahd-paymonni ortlariga tashladilar va uni 
ozgina qiymatga sotdilar. Ularning bu oldi-sotdilari naqadar yomon ish bo‘ldi» 
(Oli Imron surasi, 187). 
 
Vohidiy aytishlaricha, bu oyat Madina yahudiylari haqida nozil bo‘lgan. Alloh Tavrotda 
ulardan Muhammad sollallohu alayhi vasallamning haq payg‘ambar ekanligi, sifatlari va 
yuborilish zamoni-yu, makonini bayon qilishga, uni yashirmaslikka ahd-paymon olib: 
«Uni odamlarga ochiq bayon qilursizlar va yashirmaysizlar», deb aytgan. 
 
Bu Alloh taoloning yahudiy ulamolaridan Kitoblaridagi narsalarni odamlarga bayon qilib 
berishlari xususida olgan ahdu paymonidir. Ularning Kitobida esa Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallamning ham zikrlari kelgan, degan edi Hasan Basriy. 
 
«Uni ozgina qiymatga sotdilar», degani, ular ilmli bo‘lganlari uchun ilmsiz johil 
kimsalardan narsalar olardilar. Shu arzimas dunyoviy narsadan mahrum bo‘lib qolishdan 
qo‘rqib ahdlarini buzdilar. 
 
«Ularning bu oldi-sotdilari naqadar yomon ish bo‘ldi» oyati karimasi haqida Ibn Abbos 
roziyallohu anhumo: «Ularning savdolari jirkanchli bo‘lib, ziyon ko‘rishdi», degan edilar. 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki Allohning Yuzi qasd qilinadigan 
ilmni faqat biron dunyoviy narsaga yetishish uchun o‘rganadigan bo‘lsa, qiyomat kunida 
jannatning hidini ham topmaydi» (Abu Dovud rivoyati). 
 
Do‘zaxga yuzi bilan sudraladigan uch kishi haqidagi hadis «Riyo» bo‘limida keltirilgan 
edi. Ulardan biriga: «Olim, deb aytishlari uchun ilm o‘rganding, bu narsa aytildi», 
deyiladi. 
 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Kimdan bilgan narsasi haqida 
so‘ralsa-yu, uni yashirsa, qiyomat kuni Alloh u kimsani olovdan bo‘lgan yugan bilan 
yuganlab qo‘yadi» (Ibn Hibbon, Hokim rivoyati). 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sendan foydasiz ilmdan panoh berishingni 
so‘rayman», deb duo qilardilar (Muslim rivoyati). 
 
Usoma ibn Zayd roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi, u kishi Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdi: «Qiyomat kunida bir kishi olib kelinib, 
do‘zaxga uloqtiriladi. Uning ichak-chovoqlari osilib, yoyilib ketadi-da, xuddi eshak 
tegirmon atrofida aylanganidek, ularga o‘ralashib qoladi. Do‘zax ahli uning atrofiga 
to‘planishadi va: «Ey falonchi, senga nima bo‘ldi? Axir sen yaxshilikka buyurib 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
19
yomonlikdan qaytarmasmiding?» deb so‘rashadi. U: «Sizlarni yaxshilikka buyurardim-u
o‘zim qilmasdim. Yomonlikdan qaytarardim-u, o‘zim qaytmasdim», deydi» (Buxoriy, 
Muslim rivoyati). 
 
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Kim ilm o‘rganib unga amal qilmasa, ilm faqat 
uning kibrini ziyoda qiladi». 
 
Hilol ibn A’lo aytganlar: «Ilm talab qilish qiyin, uni yodlash talab qilishdan qiyin, unga 
amal qilish yodlashdan qiyin, unda salomat qolish amal qilishdan ham qiyinroqdir». 
 
Alloh taolodan barcha balolardan salomat saqlashini va O‘zi yaxshi ko‘rgan, rozi bo‘lgan 
narsalarga muvaffaq qilishini so‘raymiz. Albatta, U saxiy va karim zotdir. 
 
 
To‘qqizinchi gunohi kabira 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin