Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
32
mayyitning qabriga tushib qoldi va buni hech kim sezmadi. U qabrdan ketgach,
hamyonini esladi va iziga qaytdi. Odamlar tarqab ketganlaridan keyin qabrni kavladi. Bir
payt qarasa, unda olov alangalanib turibdi, darhol qaytadan ko‘mib ortiga qaytdi. Keyin
onasining oldiga yig‘lab keldi-da: «Ey onajon, singlim nima ish qilardi, menga aytib
bering», dedi. «Nima edi?» deb so‘ragan onasiga: «Uning qabrida olov ko‘rdim», deya
javob berdi. Shunda onasi yig‘ladi va: «Ey o‘g‘lim, singling namozga beparvo edi va uni
vaqtidan kechiktirib o‘qirdi», dedi.
Namozni vaqtidan kechiktirib o‘qigan kishining holi shu bo‘lsa, umuman namoz
o‘qimaydigan kimsaning ahvoli ne kechar ekan?!
Alloh taolodan namozni vaqtida ado etishga yordam berishini so‘raymiz. Albatta, U
saxiy, muruvvatli zotdir.
Dostları ilə paylaş: