Fasl
Bola necha yoshdan namozga buyuriladi?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Bolani yetti yoshga yetganida namozga
buyuringlar. O‘n yashar bo‘lganida (namoz o‘qimasa) uringlar» (Abu Dovud, Termiziy
rivoyati).
Boshqa bir rivoyatda shunday deyiladi: «Farzandlaringizni yetti yashar bo‘lganlarida
namozga buyuringlar. O‘n yashar bo‘lganlarida (namoz o‘qimasa) uringlar va yotoqlarini
alohida-alohida qilinglar» (Abu Dovud rivoyati).
Fasl
Namozni chala o‘qiydigan, uning ruku’ va sajdalarini to‘liq qilmaydigan
kimsaning uqubati
«Bas, namozlarini «unutib qo‘yadigan» «namozxonlarga vayl bo‘lsin» oyatining tafsirida
shunday deyilgan: «U namozni chala o‘qiydigan, ruku’ va sajdalarini to‘liq qilmaydigan
kimsadir».
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kishi masjidga kirib keldi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidning chekkasida o‘tirgan edilar. U kishi
namoz o‘qidi-da, kelib u zotga salom berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga:
«Senga ham salom bo‘lsin, qaytib borib, namoz o‘qi, sen namoz o‘qiganing yo‘q»,
dedilar. U yana namoz o‘qidi-da, kelib salom berdi. «Senga ham salom bo‘lsin, qaytib
borib boshqatdan o‘qi, sen namoz o‘qiganing yo‘q», dedilar. U namoz o‘qidi-da, kelib
salom berdi. Nabiy: «Senga ham salom bo‘lsin, qaytib borib boshqatdan o‘qi, sen namoz
o‘qiganing yo‘q», dedilar. Haligi kishi keyingi marotaba aytilganida: «Yo Rasululloh,
menga o‘rgatib qo‘ying», dedi. «Agar namozga tursang, tahoratni mukammal ol. Qiblaga
yuzlangach, takbir ayt va o‘zing bilgan Qur’on sura-oyatlarni o‘qi. Keyin to qanoat hosil
qilguningcha ruku’da tur. So‘ngra to‘la tik bo‘lguningcha qaddingni rostla. So‘ng qanoat
hosil etguningcha sajda qil. So‘ngra to‘la o‘tirguningcha qaddingni rostla. Keyin qanoat
hosil etguningcha sajda qil. So‘ngra to‘la tik bo‘lguningcha qaddingni rostla. Xullas,
butun namozingda shunday qil», dedilar» (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
33
Abu Mas’ud Badriydan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
«Ruku’ va sajdadan umurtqasini tik qilib ko‘tarmagan kishining namozi namoz
hisoblanmaydi» (Ahmad, Abu Dovud va Termiziy rivoyati).
Boshqa bir rivoyatda: «Ruku’ va sajdalardan belini rostlamaguncha...» deyilgan.
Bu hadis namoz o‘qiganda ruku’ va sajdalardan keyin belini rostlamagan kishining
namozi botil ekaniga hujjat. Chunki har bir a’zo o‘rnida qaror topishi namozdagi
farzlardandir.
(Izoh: Hanafiy mazhabida bu ish vojib sanaladi. – Muharrir.)
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar orasidagi eng yomon o‘g‘ri namozidan
o‘g‘irlaydigan kimsa», dedilar. «Yo Rasululloh, qanday qilib kishi namozidan o‘g‘irlaydi?»
deb so‘rashganda, «Ruku’ va sajdalarini to‘liq qilmasdan», deya javob berdilar» (Ibn
Xuzayma, Hokim rivoyati).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Ruku’ va sajdalari orasida umurtqasini rostlamaydigan bandaga Alloh
qaramaydi» (Imom Ahmad rivoyati).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Munofiqning namozi bunday: u
quyoshni kuzatib o‘tiradi, o‘tiradi-da, u shaytonning ikki shohi orasiga kelgach, turib
(qush donni cho‘qigandek) to‘rt marta yotib turadi va unda Allohni kamdan-kam
eslaydi» (Muslim rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’ va sajdalarni to‘liq qilmasdan namoz
o‘qiyotgan kishini ko‘rdilar va: «Agar bu kimsa mana shu holatda o‘lib ketsa,
Muhammad sollallohu alayhi vasallam millatidan boshqasida o‘lgan bo‘ladi», dedilar
(Tabaroniy va Ibn Huzayma rivoyati).
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Yettita a’zo bilan sajda qilishga buyurildim: Peshona (qo‘llari bilan burunlariga ham
ishora qildilar), ikki qo‘l, ikki tizza va ikki oyoq bilan», dedilar» (Muttafaqun alayh).
Boshqa bir rivoyatda: «Yettita (a’zo) bilan sajda qilishga, soch va kiyimni yig‘ib
olmaslikka buyurildim: peshona va burun, ikki qo‘l, ikki tizza hamda ikki oyoq», deyilgan
(Muslim, Nasoiy rivoyati).
Kishi namoz o‘qiyotganda, qaysi a’zosining namozdagi haqini ado etmasa, to namoz
o‘qib bo‘lgunicha o‘sha a’zo unga la’nat aytib turadi.
Rivoyat qilinadiki, har bir namozxonning o‘ng tomonida bir farishta, chap tomonida bir
farishta bo‘ladi. Agar u namozni to‘liq o‘qisa, namozni olib chiqib ketadilar. Agar to‘liq
o‘qimasa, namoz bilan uning yuziga uradilar.
Salmon Forsiy roziyallohu anhu aytganlar: «Namoz o‘lchovdir. Kim vafo qilsa, vafo
ko‘radi. Kim urib qolsa, Alloh urib qoluvchilar haqida nima deganini yaxshi bilasizlar.
Alloh taolo:
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
Dostları ilə paylaş: |