«Albatta, Alloh O‘ziga (biron narsaning) sherik qilinishini kechirmas. Shundan boshqa gunohlarni O‘zi xohlagan kishilar uchun kechirur...» (Niso surasi, 48).
Ya’ni shirkni kechirmaydi. O‘zi xohlagan bandalarining shirkdan boshqa gunohlarini
kechiradi.
Shirk Alloh taoloning:
«...Albatta, Alloh (O‘zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta, Uning o‘zigina mag‘firatli, mehribondir» (Zumar surasi, 53), oyati
karimasidagi «barcha gunohlar» sirasiga kirmaydi.
«...Chunki shirk keltirish katta zulmdir» (Luqmon surasi, 13).
Ya’ni, shirk qabih amal va yaqqol zulmdir, bir narsani o‘z o‘rnidan boshqa o‘ringa
qo‘yish, haqqini poymol qilishdir. Kimki yaratuvchi bilan yaralmish – maxluqni, iloh bilan
www.ziyouz.com kutubxonasi
5
but-sanamni barobar deb bilsa, shak-shubhasiz, u aqlsiz, ahmoqdir. «Zolim» deb
nomlanishga, hayvonlar qatorida sanalishga loyiqdir.