www.ziyouz.com kutubxonasi
6
Yana ayrim so‘zlar borki, ular aniq kufr kalimasi bo‘lmasa-da, harom bo‘lib, aytgan kishi
kofir bo‘lib qolishi ehtimoli bor. Masalan, «Tirnoqlaringni olib yur. Bu sunnat»
deyilganda, «Sunnat bo‘lsayam olmayman», deyish. Musulmonga: «Alloh oqibatingni
xayrlik qilmasin» yoki «Iymoningdan judo qilsin», deyish. Bir kishidan qasam ichishni
talab etsa-yu, u Alloh nomiga qasam ichmoqchi bo‘lganida, «Xotinim taloq bo‘lsin», deb
qasam ichishini talab etish. Bir kishiga: «Seni ko‘rsam, o‘limni ko‘rganday bo‘laman»,
deyish. Bir joyga matosini qo‘yib: «Uni Allohga topshirdim», degan kishini «Matoingni
o‘g‘riga ergashib yurmaydigan (ya’ni, o‘g‘rini tutib bermaydigan) zotga topshirdingmi?»
deyish. Bir kishi teparoq joyga imom-xatibga o‘xshab o‘tirib olsa-yu, boshqalar undan
turli masalalarni so‘rashsa, (bu bilan ulamolarni masxara qilmoqchi bo‘lsa) yoki birontasi
«Bir kosa sho‘rva ilmdan yaxshiroq», desa. Bir kishining beliga arqon orqalab olganini
ko‘rib «Bu nima?» deb so‘rashganida, «Zunnor», deyishi.
Muallimning: «Yahudiylar musulmonlardan yaxshiroq, chunki ular farzandlarimizning
ustozlariga ehson qilib turadilar», deyishi. «Nasroniylik majusiylikdan yaxshiroq» deyish.
Musulmonga qarata: «Dinsiz, iymonsiz, e’tiqodsiz. Sen fojirsan, fosiqsan, munofiqsan»,
deyish.
Alloh taolodan bizni Kitob va sunnatga amal qilgan holimizda vafot ettirishini so‘raymiz.
Albatta, u rahmlilarning rahmlirog‘idir!
Ikkinchi gunohi kabira RIYO
Alloh taolo munofiqlar haqida xabar bera turib: «Insonlarga riyo qiladilar», deydi. Ya’ni,
ularning namoz o‘qishdan ko‘zlagan maqsadlari – Allohning yuzi emas, balki odamlar
ko‘rib, eshitishlari – xo‘jako‘rsin uchundir.