«Iymon keltirgan zotlar uchun Allohning zikri sababli va nozil bo‘lgan Haq – Qur’onga (tilovat qilinishi) sababli qalblari erib, qo‘rqish (vaqti) kelmadimi?!» (Hadid surasi, 16) dedi. «Ey qizim, sizlar ham Qur’onni bilasizlarmi?» deb so‘rasam,
«Ha, sizlardan ko‘ra yaxshiroq bilamiz», dedi. «Bu yerda nima qilasizlar?» «Biz
musulmonlarning vafot etgan yosh bolalarimiz. Qiyomat kunigacha shu yerda sizlarni
kutib yashaymiz». «Ey qizim, meni quvlab, halok etmoqchi bo‘lgan ajdar nima edi?» «Ey
otajon, u sizning yomon amallaringiz. Uni kuchaytirib – ko‘paytirib yubordingiz. Shuning
uchun sizni halok qilmoqchi bo‘ldi». «Haligi munkillagan chol kishi kim edi?» «U sizning
yaxshi amalingiz. Uni zaiflashtirib – kamaytirib qo‘ydingiz. Shu bois yomon amalingizga
uning kuchi yetmadi. Allohga tavba qiling. Halokatga uchraguvchilardan bo‘lmang».
Shunday deb u yuqoriga ko‘tarilib ketdi. Men cho‘chib uyg‘ondim va darhol Allohga
tavba qildim».
Ey birodar, xoh o‘g‘ildir, xoh qizdir yoshligida vafot etgan farzandning barakasini ko‘rib
qo‘ying. Agar ota-ona savob umidida sabr qilar va «Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta,
biz Unga qaytguvchimiz», deyishar ekan, ular uchun Alloh va’da qilgan yana boshqa
ko‘plab manfaatlar hosil bo‘ladi.
Fasl
Sobit Jumahiydan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar
birontangizga musibat yetsa, mendan (judo bo‘lgandagi) musibatini eslasin. Zero, bu
eng katta musibatdir».
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Musulmonga yetgan har bir musibat, hattoki (badaniga) sanchilgan tikon
sababli ham, Alloh uning gunohlarini o‘chiradi» (Muslim rivoyati).
«Biror kishiga sabrdan ko‘ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan» (Muttafaqun