Microsoft Word hadicha ziyouz com doc



Yüklə 264 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/38
tarix05.05.2023
ölçüsü264 Kb.
#108315
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
Xadicha binti huvaylid roziyallohu anhu

 
8-FASL. MUROJAAT 
Yamanga jo’natilgan karvonning qaytib kelishiga oz vaqt qolgan edi. Bir kundan so’ng 
karvonning kelayotgani haqida habar keldi. Хadichaning hovlisida yangi yuklarni qabul 
qilib olish uchun tayyorgarlik ko’rila boshlandi. Yangi mollar do’konlarga jo’natildi. 
Ishchilarning haqqi ortig’i bilan to’landi. Ular xushmuomala va saxiylikdan xursand 
bo’lgan holda minnatdorchilik bildirib, hayrlashishdi. Хadicha do’konidan sovg’a - salom 
oldi-da, qo’shnilariga ulashdi. Ular hursand bo’lishganidan raqsga tushib o’ynab berdilar. 
Хadicha tezda Shomga jo’naydigan karvonga tayyorgarlik ko’ra boshladi. Uning 
hizmatiga kirishni, yukini olib ketishni istaganlar ko’p edi. Ishchilar yuklarni 
tayyorlashar, tuyalarni xozirlab, issiq, sahro qo’ynida kechadigan mashaqqatli safarga 
suvni g’amlab qo’yish uchun idishlarni jamlardilar. 
Jo’nash chog’ yaqinlashgan paytda Хadichaning huzuriga Makka saidlaridan biri Abu 
Тolib ibn Abdulmuttalib tashrif buyurdi. Mezbon uni hurmat bilan kutib oldi, o’tirishga 
taklif qildi, karvon va tijorat ishlaridan, foyda va ziyondan gaplasha boshladilar. Хadicha 
o’z ishlari haqida, daromadi va ishchilariga tulaydigan maoshi haqida ma’lumot berdi. 
Abu Тolib uning ish yuritish uslubini, tadbirkorligini maqtadi. Suhbat davomida Abu Тolib 
nima uchun kelganini aytishga qulay fursat topdi. Akasining o’g’li Muhammad 25 yoshga 
yetsa-da, hali uylanmagan edi. Тo’y qilish uchun unda yetarli mol-mulk yo’q edi. U faqir 
bo’lib, Makka ahlining qo’ylarini boqardi. Agar otasi Abdullox ibn Abdulmuttalib hayot 
bo’lganida, shubhasiz, Makka saidlari qatorida yurar edi. Nachora, taqdir ekan. 
Endi esa, Abu Тolib unga cho’ponlikdan ko’ra ko’proq, foyda keltiradigan ish topishni 
maslahat berardi. Uylanishga yetarli mablag’ topishini hohlardi. Хadichaning xuzuriga 


Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy 

Yüklə 264 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin