www.ziyouz.com kutubxonasi
10
jiyaniga biror ish topilarmi, degan umidda kelgan edi. O’z maqsadini aytishga fursat
topgan Abu Тolib: "Ey Хadicha, akamning o’g’li Muhammad ibn Abdulloh haqida qanday
fikrdasan? Shomga yo’l olayotgan karvonga yordamlashish uchun uni olmaysanmi?"
dedi. Muhammadning ismini eshitib, Хadichaning yurak urishi tezlashdi. Chunki
Muhammad omonatga sadoqati, rostgo’yligi bilan nom chiqargan edi. U makkalik
yigitlarga o’hshamas, kuchini faqat yaxshilik yo’lida sarflardi. Хadicha: "Muhammad
omonatga xiyonat qilmaydigan yigit, lekin u olis safarlarda yurib tajriba orttirmagan-da"
dedi. Abu Тolib uning uzoq, yo’llarda yurganini aytib, Хadichani tinchlantirdi. Safar
borasida uning boshqalardan ko’ra kam emasligini ta’kidladi.
Хadicha Abu Тolibning so’zlarini tinglarkan, bundan ancha yillar oldingi xotiralari
jonlandi. O’shanda Muhammad tug’ilgan, bobosi Abulmuttalibning shodligiga Makka ahli
sherik bo’lgan, Хadicha unda o’n to’rt yashar o’spirin qiz edi. Keyin ko’z o’ngida
Abdulloxning nikoh marosimi, ko’p o’tmay, u vafot etgach, qattiq kuyingan
Abdulmuttalibning g’amgin chehrasi namoyon bo’ldi. Хadicha uzatilayotgan kechada esa
Abdulloxdan yodgor qolayotganidan — Ominaning ko’zi yorib, Muhammad ismli nabira
ko’rganidan shodmon qiyofasi jonlandi. Keyin Muhammadning yetimlikda ulg’ayganini
esladi. Otasidan so’ng onasidan ham judo bo’lganini hotirladi. Ota-onasiz yetim
bo’laturib, shunday halol va pok inson bo’lib yetishgani uchun tasannolar aytdi.
Mamnuniyat bilan javob qaytardi: "Ey Abu Тolib, uni o’z tijoratimga olishga roziman.
Agar o’zing kelmasdan turib murojaat qilganingda ham taklifingni qabul qilgan
bo’lardim".
Abu Тolib juda xursand bo’ldi. Хadichaga rahmat aytar-kan, bir zum tin oldi va u yoq-bu
yoqdan gapiraturib, asosiy masalaga ishora qila boshladi. Хadicha uning nima
demoqchiligini darrov angladi. "Ko’ngling to’q bo’lsin, Abu Тolib, albatta, seni
qoniqtiradigan tarzda haq to’layman. Muhammad boshqa ishchilarim bilan barobar
maosh olmaydi. Ish haqisi ularnikidan ko’proq bo’ladi. Chunki u shunga arziydi, o’z
fazilatlari bilan Muhammad boshqalardan ustundir”.
Abu Тolib Хadichaga takror-takror rahmat aytdi. Akasining o’g’liga tezroq xabar berish
uchun undan ruxsat suradi. Shitob bilan jiyanining uyiga yo’l oldi.