Microsoft Word hadicha ziyouz com doc



Yüklə 264 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/38
tarix05.05.2023
ölçüsü264 Kb.
#108315
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
Xadicha binti huvaylid roziyallohu anhu

www.ziyouz.com kutubxonasi 
16
Хotinini hurmat qiladigan, oilasiga mehribon, turmushning ma’nisiga boradigan yigit 
Makkada juda noyobdir. Agar shunday yigit topilsa, u bilan turmush qursang bo’ladi. 
— Men tanlagan yigit shunday bir insonki, turmushni e’zozlaydi. Oilani qadrlaydi... Lekin 
juda kambag’al. Bunisiga nima deysiz? — deb so’radi Хadicha.
— Kambag’al, kambag’al... — takrorladi o’zicha amakisi mulohaza yuritib. — Хotinni 
qadrlaydigan, uning haqlarini ado etadigan, turmush ikir-chikirlarini fahmlaydigan yigitni 
rad qilmaslik kerak. Boylik va kambag’allik Allohning izmidadir. Agar aqlli kishi harakat 
qilsa, boylikka erishishi mumkin. Allohga shukr, sen davlatmandsan. Тurmushga 
chiqmoqchi bo’lganing kim?
— Muhammad ibn Abdulloh, haqida qanday fikrdasiz? 
Amakisi baland ovozda javob berdi: 
— Ajoyib, ajoyib... U senga yaxshi turmush urtog’i bo’ladi. Unga turmushga chiqishdan 
bosh tortma. Bu taklifni uzoq muddat kutding, axir. Shuncha kutganing ro’yobga 
chiqadigan ko’rinadi. Xadicha xursandligini yashirmadi: 
— Kecha tunda sovchi jo’natibdi. Sizning fikringizni bilmasdan turib, biron narsa 
demadim. Nima deysiz, amaki, siz rozimisiz? 
— Alloh uzoq muddat davomida turmush qurishdan ko’nglingni sovutib, mana, seni 
Muhammadga ro’baro’ qildi. Unga o’xshash yigitlar juda ham oz, qaniydi, otang tirik 
bo’lib, senga shunday ne’mat ato etilganiga guvoh bo’lsaydi. Munosib, munosib... — dedi 
amakisi xursand ohangda. 
* * * 
Muhammad ertalab uyqudan uyg’onib, amakisi Abu Тolibning uyiga keldi. Хadichaga 
uylanmoqchi ekanini aytdi. 
— Ey Muxammad, Хadicha rozi bo’larmikan? 
— Ha, amakijon, rozi bo’ldi. Kambag’alga turmushga chiqishga rozi bo’ldi. U oldin ham 
boylarning mol-mulki uchun turmushga chiqmagan... Abu Тolib bosh silkib ma’qulladi. 
Muloyimlik bilan fikrini bildirdi: 
— Хadicha erning qadriga yetadigan oqila ayol. Seni kambag’al demasdan, rozi 
bo’libdimi, eng avvalo, ko’zingning to’qligini, bag’rikengligingni o’ylagan. 
Amakisi uning Хadicha bilan turmush qurayotganini qutladi. Muhammad esa xursand 
bo’lib, shukrlar aytdi. Bu habar tezda butun Makkaga tarqaldi. Odamlar bu haqda 
ajablanib gapira boshladilar. 

Yüklə 264 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin