ne’matlar) ato eturki, siz (u Ilohiy marhamatlardan) rozi bo’lursiz. (Ey
Muhammad alayhissalom, Parvardigoringiz) sizni yetim holda topgach,
boshpana bermadimi? U zot sizni gumroh-g’ofil holda topib, (Haq Yo’liga)
hidoyat qilib qo’ydi-ku! U zot sizni kambag’al holda topib, boy qilib qo’ydi-ku!
Bas, endi siz ham yetimga qahr qilmang! Suraguvchi — tilanchini esa (biron
narsa bermasdan) haydamang! Va Parvardigoringizning (sizga ato etgan
payg’ambarlik va boshqa barcha) ne’mati haqida (kishilarga doimo) so’zlang!)
Rasulullohning yuzlaridagi halovatni ko’rib, Хadichaning quvonchi cheksiz edi. O’z
qismati, taqdiridan xotirjam bo’ldi. So’ngra nozil qilingan oyatlar haqida fikrlay boshladi.
Alloh insonlarni oxiratga yaxshi amallarni tayyorlab qo’yishga chaqiradi. Rasuliga in’om
etgan ne’matlarni zikr etadi. Yetim va miskinlarga mehribon bo’lishni buyuradi. U
Allohing oyatlarini o’ylab, tabassum qildi. Rasululloh ham uning shodligiga sherik
bo’ldilar. Unga qarab:
— Ey Хadicha, Alloh husningni ziyoda qilsin. U seni menga nasib etdi. Molu joning bilan
meni boy qilding. Shu onda bu menga eslatilganini eshitmadingmi? — dedilar.
Хadichaning ko’zlaridan yosh quyilib kelardi.
— Molim ham, jonim ham Alloh va rasuli uchundir. Ey Allohning payg’ambari! Alloh
buyurgan ishga kirishing. Men siz bilan birgaman. Alloh haqqi birgaman.
Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
24
17-FASL. MO’MINLAR ONASI
Rasulullohga yana oyatlar nozil bo’ldi. Хadicha eshitib, xotinlar jamoasiga yetkazib turdi.
Alloh payg’ambariga ta’lim bera boshladi. Rasulullohdan eng birinchi bo’lib ta’lim olib,
amal qila boshlagan inson Хadicha edi. Ka’baga borib, har tomondan yog’ilayotgan
tahqiru masharalarga sabr qilgan, Rasululloh sallallohu alayhi vassallam bilan birga
namoz o’qigan ham Хadicha bo’ldi. Rasulullohning da’vatiga oqil insonlar ergasha
boshladi. Makkaning ba’zi buzurglari ham iymon keltirdi. Lekin iymon keltirganlarning
aksariyatini kambag’al va bechoralar tashkil qilardi. Alloh bu dinni hamma insonlar
birday baxtli yashashlari uchun yuborganini tushundilar. Islom insonni fisqu fasoddan
qaytarishini angladilar. Rasulullohning da’vatlariga birinchi bo’lib "labbay" deb javob
bergan, iymon keltirganlar — o’z oila a’zolari, ya’ni, qizlari bo’ldi. Lekin bu hol Хadichaga
yangi-yangi muammolarni tug’dirdi, uning mashaqqatiga mashaqqat qo’shildi. Negaki,
kuyovlari iymon keltirmadi.
Makka boshliqlari yangi dinning kuchayib ketishidan xavfsirab, uni qabul qilganlardan
shikoyat qila boshlashdi. Iymon keltirganlar soni kundan kunga oshib borayotgandi. Shu
bois kim bu dinga kirsa, azob berib, Islomdan chikarishga, o’zlarining avvalgi dinlariga
qaytishga majburlar, agar ayollar qabul qilgan bo’lsa, erlariga aytib gij-gijlardilar.
Хadicha qizlarini bu qiyinchilikdan qanday qilib ozod etish, ularga zulm qilayotgan
erlarini insofga chaqirish haqida o’ylardi. Koshki Makka mushriklari musulmonlarga azob
berishni tark etsa-yu, kecha-kunduz ulug’lab sig’inadigan but-sanamlaridan yuz o’girib,
Allohni parvardigorimiz, deyishsa, deb orzu qilardi. Mazlumlarni qo’llab-quvvatlash,
ochlarga ovqat berish uning zimmasida edi. Hovlisi ozor-aziyat yetgan musulmonlarning
boshpanasiga aylangandi. Kurashish uchun u doim tayyor turardi. Ko’ngli tubidagi
niyatiga yetkazishni so’rab, Allohga iltijo qilardi. Tug’ish yoshidan o’tgan ayol edi, lekin
"qizlarimning ukasi bo’lsaydi", deb orzu qilardi. Тurmush o’rtog’iga o’g’il tug’ib berishni
juda-juda istar edi. Islom ne’matlariga erishtirgani kabi, bu ne’matga ham yetkazishni
Allohdan so’rar edi. Iltijolari ro’yobga chiqib, ko’p utmay homilador bo’ldi. Allohdan o’g’il
farzand so’ragan edi. O’g’il tug’ilgach, boshi osmonga yetdi. Rasululloh uning yonida
edilar. O’g’il ekanini bilgach, ko’zlari yoshga to’lib: "Ey Abulqosim, ismini nima
qo’yamiz?" deb so’radi. "Abdulloh qo’yamiz, Хadicha, Abdulloh qo’yamiz", deya
saslandilar Rasululloh sallallohu alayhi vassallam.
Abdulloh ibn Muhammad... Muhammad ibn Abdulloh… Muborak ismlar! Dunyoga kelgan
yangi mehmon pokiza, yaxshi muhitda — islomda tug’ildi. Хadichani qarindosh-urug’lari
muborakbod qilishdi. U kambag’allarga ehson, muxtojlarga sahovat ulashdi. Hamma
ishini qo’yib, o’zini Abdullohga bag’ishladi.
Alloh xohlagan narsasini oladi, Uning xohishini rad etib bo’lmaydi. Тug’ilganidan so’ng
ko’p o’tmay, Abdullohni ham dargohiga qaytarib oldi. Хadicha va qizlari mahzun
bo’lishdi. Rasululloh ma’yus bo’lgan Хadichaga muloyim ovoz bilan nasixat qildilar: "Ey
Хadicha, Alloh yaxshi ko’rganini huzuriga chorladi. Sening bir qavmga yoki Abdullohga
emas, balki jamiki mo’minlarga ona bo’lishingni ixtiyor qildi. Bu sharaf seni hursand
qilmaydimi?" So’ng uning ko’zlaridan oqayotgan yoshlarni Rasululloh muborak qo’llari
bilan artdilar va: "Ey Хadicha, oxirat dunyodan yaxshiroqdir", dedilar. Keyin Allohning
"Albatta, siz uchun oxirat dunyodan yaxshiroqdir. Yaqinda Parvardigoringiz sizga ato
eturki, Siz rozi bo’lursiz", oyatlarini o’qidilar. Oyatlarni eshitib, Хadicha onamizning
Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy
Dostları ilə paylaş: |