Microsoft Word hadicha ziyouz com doc



Yüklə 264 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/38
tarix05.05.2023
ölçüsü264 Kb.
#108315
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Xadicha binti huvaylid roziyallohu anhu

 
21-FASL. QAYTISH VA QASD  
Uzoq ayriliqdan so’ng Хadichaning hovlisida yana hayot jonlandi. Go’yo qorong’u 
zulmatdan keyin yorug’lik porlaganday bo’ldi, Onamizning dugonalari xol-ahvol so’rab 
kela boshlashdi. Uch yil mobaynida hayr-barakadan uzilib qolgan ayollar yana uni 
yo’qlashdi. Ularning ko’zidan quvonch yoshlari oqar, qalblari esa kofirlarga nisbatan 


Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
nafrat bilan to’lgan edi. Hovli musulmonlarning qarorgohiga aylandi. Qur’on oyatlarini 
o’rganmoqchi bo’lganlarga Rasululloh ta’lim berganidek saboq bera boshladi.
Musulmonlar ancha bexovotir bo’lib qoldilar. Ayniqsa, Payg’ambarimizning amakilari 
Hamza ibn Abdumuttalib bilan Umar ibn Хattob Islomni qabul qilgach, musulmonlar 
birmuncha jonlandilar. Ular bilan din ham quvvatlandi. 
Musulmonlarning qamaldan sog’-salomat qaytishi mushriklarni hayratga soldi. Ular 
Muhammad alayhissalom bilan izdoshlarining ochlikdan o’lishlariga qattiq ishongan 
edilar. Musulmonlardan qutilib, tinchgina yashaymiz, deb o’ylashgan edi. Lekin Alloh 
taoloning qudrati bilan qamal tugadi. Musulmonlar undan eson-omon chiqdilar. Bu xabar 
butun arab jazirasiga tarqaldi. Hammaning og’zida shu gap, hamma hayron edi. Bu hol 
Muhammad sallallohu alayhi vassallamga Allohning inoyati mo’l ekaniga dalil edi. 
Parvardigori u zotning duolarini qabul qilganini barcha e’tirof etdi. Rasulullohning 
da’vatlarini qabul qilayotgan odamlar soni borgan sari oshib borardi. Ishchilar yana 
Хadicha onamizning xuzuriga qaytib, tijoratni yo’lga qo’ydilar. U kishi Islom nuri shiddat 
bilan yoyilayotganidan hursand edilar. 
Mushriklar Хadicha onamizning hovlilari oldida poyloqchilik qilishardi. Abu Lahab bilan 
uning xotini musulmonlarning kirib-chiqishini muntazam kuzatardi. Ularga yaqinlashib, 
o’z adovatlarini namoyon qilishardi. Kech kirib, to’shakka cho’zilisharkan, uyqu g’olib 
kelib kipriklari bir-biriga qorishib ketardi, biroq zum o’tmay ko’zlari yarq etib ochilardi. 
Ahir musulmonlar o’qiyotgan Qur’on tilovati Хadichaning uyidan baralla eshitilib tursa, 
ular qanday qilib uxlasin?! Har bir oyat ularning yuragiga uqday qadalsa, qanday qilib 
xotirjam yota olishsin?! Тo Qur’on tilovat qilinarkan, ular hovliga chiqib musulmonlarga 
yashirincha quloq berishdan charchamadilar. 
Bir kecha Хadicha onamizning hovlisida tonggacha suhbat davom etdi. Abu Lahab va 
xotini ham uxlay olmasdan ularni poylab o’tirishdi. Тong otgach, Abu Lahab Quraysh 
ahlini eshitganlaridan xabardor qilishga otlandi. U zahrini sochar, baqirar, ammo kechasi 
uxlamagani bois ko’zlari yumilib-yumilib ketar edi. "Ey qavmim! Qachongacha jim 
turamiz? Bizlar shu yerda yashab turib nima uchun tomoshabin bo’lib turishimiz kerak?! 
Тoqatimiz toq bo’ldiku. Sabr kosamiz to’ldi. Biron yo’lini qilaylik, axir!" 
Uning jazavasi tutib baqira boshladi. Boshqalar uni tinchlantirmoqchi bo’lganida, battar 
g’azabi toshdi: "Хadichaga qo’shni bo’lganlaringda bilardinglar. Ozgina bo’yningni cho’zib 
qarasang, Muhammad dinining rivoj topayotganini ko’rasan... Imkoniyatni boy 
beryapmiz. Jim turishimiz, so’kib harakat qilishimiz foyda bermadi. Qamal qilishimizdan 
ham naf bo’lmadi. So’nggi nafasimizgacha kurashamiz". 
Ular dan biri "Ey Abdul Uzzo, axir Muhammad akangning o’g’liku", dedi. U burilib: 
"Qarindoshlikni uzdik. Muhammad bilan oramizda bog’liqlik qolmadi. Muhammadning 
dastidan Abu Тolib bilan ham aka-ukalikni uzdim. Хohlagan ishlaringni qilaveringlar. 
Nima bo’lganda ham, bu alangani o’chirish kerak. U Makkadan boshqa taraflarga ham 
yoyilayotganini ko’rmayapsanlarmi? Boshqa qabilalar ham Muhammadning diniga kirib 
borayotgani nahotki sizlarni tashvishga solmasa?! Abu Тolib sustkashlik qilib, jim 
turibdimi, demak, u Muhammadning tarafidadir. Axir, u ular bilan vodiyga borganini 
ko’rmadilaringmi?! Undan tag’in nimani kutyapsizlar? Bu kasallik Хadichaning uyida ildiz 
otib, tobora kattalashmoqda, — u bir oz sukut saqlarkan, yana g’azab bilan davom etdi


Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy 

Yüklə 264 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin