Microsoft Word hadicha ziyouz com doc



Yüklə 264 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/38
tarix05.05.2023
ölçüsü264 Kb.
#108315
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38
Xadicha binti huvaylid roziyallohu anhu

www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
Хadicha onamiz bu kurashda sabr-toqat, sabot bilan turar edi. Jabrlanganlarga taskin-
dalda berib, ularni yana-da shijoatlantirib, nusrat va safar hushxabari bilan ularga ruh 
bag’ishlardi. U musulmonlarning azoblanayotganini ko’rib hafa bo’lar, joxil ho’jalaridan 
musulmon qullarini sotib olar, ularni ozod qilib yuborar edi. Qurayshliklar uning tijorat 
ishlarini ham siqib qo’yishdi. Ular bu bilan qanoatlanmay, Хadicha onamizning hovlisi 
atrofida sang’ib yurishar, bolalari bilan birga qichqirib, unga aziyat yetkazishar edi.
Rasulullohni ham masharalab, ko’ngillariga ozor berishardi. Payrambarimiz sahobalariga 
yetayotgan aziyatlarni ko’rib, ularning uzoqroqda bo’lishini ma’qul ko’rdilar. Mo’minlarni 
Habashiston yurtiga hijrat qilishga buyurdilar. Хadicha onamiz bu amrdan juda hursand 
bo’ldi. Safar jihozlarini tayyorlashda ularga yordam ko’rsatdilar. Qizi Ruqiya kuyovi 
Usmon ibn Afvon bilan hijrat qilishga ahd qilganini eshitib, hursandchiligi yanada ziyoda 
bo’ldi. 
— Ey Usmon, Alloh sizlarga baraka bersin. Sog’-salomat yetib boringlar. Тoki Allohning 
izni bor ekan, biz shu yerda yashab turamiz. 
Hijrat qilayotgan mo’minlar Makkadan qorong’u kechada chiqib ketishga qaror qildilar. 
Хadicha onamiz ularni duo qilardi. Qizlari Ruqiyaning ikki chekkasidan o’pib, kuyovi bilan 
manzilga sog’-omon yetib borishlarini tiladi. Ular ko’zdan g’oyib bo’lgunlaricha ortlaridan 
qarab qoldi. So’ng uyiga qaytib, qurayshliklar yana qanday hiyla-nayrang uylab 
topishlari haqida hayol surib qoldi... 
20-FASL. QAMAL 
Muhojirlar dengiz sohiliga yetib kelishdi. Тezroq biror kema kelsa-yu, jo’nab ketishsa. 
Qurayshliklar ortimizdan ta’qib qilmasin deb, qarab-qarab qo’yishardi. Nihoyat, ular 
kemaga minib jo’nab ketishdi. Bundan xabar topgan Quraysh ahli ularga yetib olishga 
shoshildilar. Ularning sohildan uzoqlashganini bilishgach, g’azablari toshib ortga 
qaytdilar. "Biror yo’lini qilishimiz kerak? Nimani kutyapmiz?" deb ayyuxannos sola 
boshlashdi. O’zaro maslahatga yig’ilishdi. Ba’zilari Muhammadni, ayrimlari esa Хadicha 
bilan Abu Тolibni o’ldiramiz, deyishdi. Boshqalari rad etib, ular bilan birga Bani Hoshim 
va Bani Abdulmuttalib ahdini ham yo’q qilamiz, deya munozaraga kirishdi. Oxir-oqibat 
ularni qamal qilib, ozik-ovqtdan maxrum etishga qaror qildilar. Ular ochdan o’lishadi yoki 
mashaqqatlarga chidolmasdan, Muhammaddan uzoqlashadilar, deb o’ylashdi.
Musulmonlardan hech narsa olmaslik va ularga hech narsa sotmaslikka; ularga 
aralashmaslikka; qiz berib, qiz olmaslikka ahd qilishdi. Bu haqda boshqalarga ham 
maktub bitib, xabar qilishdi. Keyin bu maktubning bir nusxasini Ka’ba devoriga osib 
qo’yishdi. O’z navbatida Bani Hoshim va Bani Abdulmuttalib ahdi ham to’planib, o’zlariga 
nisbatan rejalashtirilayotgan qabihliklarga qarshi turish, o’lsalar ham, Muhammadni tark 
etmaslik bo’yicha ahd-paymon qildilar. Ular kofirlardan ajralib, bir vodiyda alohida 
yashay boshladilar. Хadicha onamiz ham imkoni boricha yordam berib, ular bilan birga 
bo’ldi, saflariga qo’shildi. 
Qurayshliklar bozor kezishardi. Ular Makkaga kelayotgan karvonga ko’z-quloq, bo’lib, 
musulmonlarga hech narsa sotmasdilar. Muhammad safdoshlarining birortasi mol 
sotayotgan bo’lsa, undan hech narsa sotib olmaslikka targ’ib qilishardi. Ularni mashara 


Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy 

Yüklə 264 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin