www.ziyouz.com kutubxonasi
31
qlib, bozordan chiqib ketishga majbur qilishardi. Bani Hoshim va Bani Abdulmuttalib
ahliga Abu Lahab bilan uning xotinigina qo’shilmadi. Rasulullohga nisbatan adovatlari
bois bozor oralab: "Muhammad safdoshlaridan hech narsa sotib olmanglar va ularga
hech narsa sotmanglar", deb qichqirar edilar. "Ular bois savdodan zarar ko’rasiz", deb
uqtirishardi. Kimki Bani Hoshim va Bani Abdulmuttalib ahli bilan maslakdosh bo’lsa,
ularga yaxshi muomala qilinmaydigan bo’ldi. Ularning ozor-aziyatlaridan xadiksirab,
hech kim bozorga yaqinlashmay qo’ydi. Vodiyda istiqomat qilisharkan, mo’minlarning
barcha yeguliklari tugab bo’ldi. Erkagu ayollar barg va o’tlarni iste’mol qilishga o’tdilar.
Ular bu qahatchilikka chidar, biroq bolalar qattiq qiynalar edi. Norasidalarning yig’isi olis-
olislardan ham eshitilardi. Lekin bu hol ham Makka mushriklariga hech qanday manfaat
keltirmadi. Хadicha onamiz vodiydagilarni sabr-toqat qilishga chaqirardi. O’zlari ham
sabr qilardilar. Garchi Quraysh ahli ulardan uzoqda bo’lsada, Хadicha onamizdan qo’rqar
edilar. Shu bois qamalni battar kuchaytirdilar. Chunki Хadicha onamiz boshchiligida
ovqat qilinayotganini mushriklar bilib qoldilar.
Bir oqshom Abu Jahl bir bolaning bug’doy ko’tarib ketayotganini ko’rib qoldi. Bola
qo’lidagi yemakni qorong’u kechada vodiyga yetkazishga shoshilardi. Uning ortidan bir
mushrik ergashib borardi. Abu Jahl bolani tutib oldi va g’azablanib haligi kishiga qarata:
"Anavilar bilan orani ochiq qilishga so’z bermaganmiding?! Sillasi qurib dinlaridan
qaytgunlarigacha muomala qilmaymiz, deb kelishmaganmidik?!" deya baqirib ketdi.
Haligi kishi masharaomuz ohangda: "Men Хadichadan qarz olgan edim. Shuni qaytarib
bermoqchiman xolos. Axir odam olgan qarzini qaytarib berishi kerak-ku. Yo sen buni
bilmaysanmi?" dedi.
Abu Jahl qichqirdi: "Hamma narsaning ortida Хadicha turibdi. Yaqinda uni ham, oilasini
ham o’ldiramiz".
U ana shunday achchiq-tiziq gaplarni aytarkan, Quraysh raislarining oldiga shoshildi.
Хadichaga qarshi biror chora ko’rishni o’ylay boshladi.
Qamal uch yil davom etdi. Хadicha bor mol-dunyosini chin yurakdan infoq-ehson qildi.
Erkaklarning qalbiga shijoat, ayollarning ko’ngliga xotirjamlik, sokinlik bag’ishlab, sabrga
chaqirdi. Nihoyat, Alloh bu sinov davri — qamalning yakun topganini ayon qildi.
Musulmonlar ko’pdan buyon qadam bosmagan hovlilariga qaytib keldilar. Хadicha
roziyallohu anho ham mashaqqatli to’siqlarni yengib, o’z uyiga qaytdi. Biroq, kofirlarning
fisq-fujuri, fitnasi hali tugamagan edi. Ular yana dushmanchilik qilishni o’ylardilar.
Musulmonlar mushriklarning turli-tuman yomonliklarini unutishmagan edi. Nahotki, ular
tufayli oxirgi nafaslarigacha musofirlik zahmatlariga yuz tutishsa?! Yo’q, deyishdi qat’iy,
endi ular maqsadlariga erisha olmaydilar...