www.ziyouz.com kutubxonasi
21
(Ma’nosi: Ey liboslariga burkanib olgan zot! Тuringda insonlarni oxirat azobidan ogohlantiring! Yolg’iz Parvardigoringizni ulug’lang. Liboslarni pok tuting! Butlardan yiroq bo’ling. Berayotgan narsalarni ko’p sanagan holingizda ehson qiling. Yolg’iz Parvardigoringiz uchun sabr qiling.) Хadicha Allohning oyatlarini tinglab, o’zicha qaytardi. Alloh yo’lida kurashga tayyor
ekanini ham izhor etdi. Rasulullohni qo’llab-quvvatlashda kuch va molini ayamaslikka
azmu qaror qildi.
— Хadicha, yaqinda men Allohning amri bilan odamlarni Islom diniga da’vat qilaman.
Haq yo’liga chaqiraman.
Eng tog’ri yo’lga chorlayman.
Хadicha nadomat ila dedi:
— Lekin bu qavm adashgan yo’lidan qaytarmikan?! Fisqu fasod ichida esini taniganlar
"qadrdon" rahnamolarini tark etisharmikan?!
— Хadicha, tabiiyki, ular bizga qarshi bo’ladilar. O’rtamizdagi kurash qachon, qerda
tugashini bilmayman.
Хadicha Allohning kalomidan hali-hamon ta’sirlanarkan, ushbu oyatlarni o’qidi:
#sŒÎ*sù
tÉ)çΡ
’Îû
Í‘θè%$¨Ζ9$#
∩∇∪
y7Ï9≡x‹sù
7‹Í×tΒöθtƒ
îΠöθtƒ
îÅ¡tã
∩®∪
(Ma’nosi: Chunki qachon (Qiyomat qoyim bo’lgani haqida habar berib) burg’u chalinganida, ana o’sha Kun qiyin Qindir! Kofirlarga oson bo’lmagan (Kundir)!) — Ey Muhammad, Rabbingiz buyurganidek sabr qiling, yuraklardan botilni sug’irib olish
mashaqqatli ishdir. Haq bilan yuborgan Zot siz bilan. U sizga yordam, quvvat beradi.
Hech qachon sizni unutmaydi. Sizni O’zi yuborib, Sirotol mustaqimga hidoyat etdimi, O’zi
qo’llab-quvvatlaydi, — dedi Хadicha. Keyin ovozini balandlatib e’tirof etdi: — Men sizga
birinchi bo’lib iymon keltiraman. Guvohlik beramanki, siz Allohning rasuli va haq
payg’ambarisiz. O’zimni, mol-jonimni Alloh yo’liga bag’ishlayman.
Rasulullohning yuzlari quvonchdan porlab ketdi. Keyin uylariga o’tib, samoga tikila
boshladilar. Тong otishiga yaqin qolgan edi.