2 – FASL. NOZIK SAVDO
Xuvaylid Xadichaga qarab-qarab qo’ya boshladi. So’ngra muloyimlik bilan undan so’radi:
“Xadicha, Shomga jo’natish uchun tayyorlab qo’ygan karvonimiz haqida nima deysan?”
Qizi savolni chiroyli tabassum bilan qarshiladi. Keyin odob bilan: “Karvon yaxshi
hozirlangan. Savdo – tijoratimiz, Allohga shukur, kasodga uchramay foyda keltirmoqda.
Qaysi shaharga borsa, rivoj topmoqda. Karvonimizda yaxshi tartib – intizom
o’rnatilgan”, dedi.
Otasi tabassum bilan yana so’radi: “Karvon bilan jo’natmoqchi bo’lgan odamlarimiz va
ishchilarimiz haqida nima deysan?”
Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
3
“Albatta, ular nimani sotib olishni va nimani olmaslikni yaxshi bilgan, ziyrak kishilar”,
deya javob qaytardi Xadicha.
Xuvaylid xotini Fotimaga ma’noli qarab qo’ydi. So’ngra yana Xadichaga savol tashladi:
“Makkaning mohir savdogarlari haqida fikring qanday? Seningcha, ularning qaysi biri
ishning ko’zini, foyda olish yo’llarini ko’proq biladi?”
Qizi bir oz o’ylanib, odob bilan so’radi: “Qanday foyda haqida so’rayapsiz: halol foydami
yoki harom?”
Otasi shoshib javob qaytardi: “Ha, albatta, halol foyda, harom foydaning ohiri voy-ku. U
faqat bir marta egasiga foyda keltiradi-da, keyin barakani qochiradi. Aloh uni zoye
ketkazadi. Men sendan savdo-sotiqda halollik bilan mohir bo’lganlarni so’rayapman…”
Qizi omonatga hiyonat qilmaydigan, halollik bilan ish yurituvchi Makka savdogarlarini
birma-bir sanadi. So’zining so’ngida ota-onasiga nazar tashladi. Otasi: “Atiq ibn Obid
to’g’risida fikring qanday?” deb so’radi. Javob tezda bo’ldi: “U Bani mahzunliklar kabi
savdoda mohir, foyda olish yo’llarini yaxshi biladigan, boylik ta’mini totib, uni
ko’paytirish istagida yurgan savdogar”.
Xuvaylid yana shoshilinch savol tashladi: “Haloldanmi, haromdanmi?”
Qizi eshitgan - bilganlariga tayanib, qat’iy javob berdi: “Guvohlik beramanki, u halol yo’l
bilan shuhrat topdi. Harom molga yaqinlashmaydigan, sahiy va shijoatli inson. Men o’z
ahliga undan-da sevimliroq bo’lgan boshqa kishini bilmayman”.
“Shu safargi tijorat ishlarimizni unga yuklamoqchimiz,-dedi Xuvaylid bir oz tin olib,
qiziga boshdan – oyoq nazar tashlarkan. – Unga savdodan-da muhimroq, moldan-da
qimmatbaho, har qanday boylik tenglasholmaydigan omonatni topshirmoqchiman”.
Xadichaning hayoliga birdan haligi mehmonlar keldi. Ota – onasini suhbatini esladi.
Otasining hozir nima haqida so’z ochmoqchi ekanini payqab, yuzi qizarib ketdi. U boshini
egib turar, javob qaytarishga uyalar edi. Xuvaylid sekingina, muloyimlik bilan: “Atiq
haqida fikring qanday?” dedi. Xadicha hamon boshini ko’tara olmas, yuzi lov-lov yonar,
bor shijoatini to’plab, so’zlashga kuch izlardi. Ota-onasi undan javob kutib, yuqoridagi
savolni takrorlashlariga to’g’ri keldi.
Oxiri Xadicha zo’rg’a, eshtilar-eshtilmas ovozda: “Otamning roziligi mening roziligim
emasmi?!” deb javob bera oldi, halos. Otasi yaqin kelib, uning peshonasidan o’pdi va :
“Sen Atiqqa, Atiq senga munosib, - dedi - Alloh yaxshilikni sevuvchi va yaxshilar bilan
yaxshilarni ro’baro’ qiluvchi Zot. Parvardigordan Atiq haqidagi fikrimni to’g’ri chiqishini
va go’zal juftlik amalga oshishini o’tinib so’rayman”.
So’ng onasi kelib, Xadichaning ikki yuzidan bir-bir o’pdi-da, eriga yuzlandi: “Biz Atiq
istaganidek to’yni tezlashtira olmaymiz. El qatori to’y liboslari va boshqa jihozlarni
tayyorlash uchun anchagina vaqt kerak bo’ladi”.
Xuvaylid ularni tinchlantirdi: “Bir-ikki oy ichida karvon kerakli jihozlarni Yaman va
Shomdan keltiradi, ungacha bir oz kutib turamiz… Fotima, do’konlarimiz mol-ashyoga
to’la. Hohlaganlaringni olaveringlar, ahir barcha boyligimiz Xadichaniki-ku”.
Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy
Dostları ilə paylaş: |