www.ziyouz.com kutubxonasi
40
TO'RTINCHI QISM Jamoat bayoni - Namozni imom va jamoat bilan o’qimoq yolg’iz va tanho o’qimoqdan yigirma yetti
daraja ortiq savoblidir.
- Ikki, uch va undan ziyoda kishi farz namozini qanday holda o’qisin? - Ularning orasidan bir kishi imom bo’lib, qolganlari unga ergashib (iqtido qilib)
o’qimoqlari sunnatdir.
- Jamoat bilan o’qiladigan namoz qanday holda o’qiladi? - Imom bosh bo’lib, qolgan kishilar namozga ergashib o’qiydilar. Namozning har rukni va
har amalini imomdan keyin yoki imom bilan barobar bajaradilar, hech bir amalni
imomdan ilgari qilmaydilar.
- Imomga ergashuvchilar (muqtadiylar) namoz ichida bo’lgan hamma zikrlarni o’qiydilarmi? - Yo’q, hammasini emas, balki qiyomda takbiri tahrimadan so’ngra faqat Sanoni o’qiydi.
«A’uzu billah», «Bismillah»ni va suralarni o’qimaydi, balki sukut qiladi. Ruku’dan
qiyomga qaytganda imom «Sami’allohu liman hamidah»ning o’zinigina aytadi.
Orqadagilar «Robbana lakal hamd»ni aytadilar, «Sami’allohu liman hamidah»ni
aytmaslar. Boshqa zikrlarni imom ham aytadi, ergashuvchilar ham aytadilar. Ammo
imom takbirlarni va «Sami’alloh»ni, salomni ovoz chiqarib aytadi. ergashuvchilar
zikrlarni ichda aytadilar. Ovoz chiqarib o’qiladigan namozlarda Fotiha surasi tamom
bo’lgandan so’ng ergashuvchilar ichlarida «Omin», deydilar.
- Ergashuvchi bir kishi bo’lgan vaqtda imomning qaysi tarafida turadi? - Imomning o’ng tarafida. Imomga shu qadar yaqin turadiki, ergashuvchining oyoq
barmoqlari imomning tovoniga barobar turadi. Imomning chap tarafida va orqasida
tursa ham joizdir, lekin sunnatga xilof bo’ladi.
- Ergashuvchining qadami imomning qadami bilan barobar bo’lsa yoki imomdan keyinroq bo’lsa, ammo o’tirgan holda tizzasi imomning tizzasidan ilgari o’tib tursa, zarari bormi? - Zarari yo’qdir, qadam mo’tabardir.
- Balog’atga yetgan katta kishilar bilan yosh bolalar qo’shilib bir imomga ergashsalar, qanday holda saf oladilar? - Yosh bolalar ulug’ kishilar safida emas, o’zlari ortda saf bo’lib turadilar.
- Yosh bola ulug’ kishilar safida turib namoz o’qisa, ulug’ kishilarning namoziga zarari bormi? - Ulug’ kishilarning namoziga zarari yo’q. Lekin sunnatga xilof bo’ladi.
- Xotinlar erkak kishiga ergashib namoz o’qimoqlari durustmi? - Durust, lekin bunda imom xotinlarga imom bo’lmoqni qabul qilmog’i va niyat etmog’i
shart. Agar imom xotinlarga imom bo’lmoqni niyat qilmagan bo’lsa yoki imom
bo’lmaslikni niyat qilgan bo’lsa, u xotinlarning namozi durust bo’lmaydi.
- Xotinlar qaysi safda turadilar? - Hammadan oxirgi safda turadilar, bolalardan ham keyingi safda turadilar.
- Agar xotin kishi erkak kishilar safiga kirib, erkaklarga barobar tursa, erkaklarning namoziga zarari bormi? - Agar imom xotinlarga imom bo’lmoqni niyat qilgan bo’lsa, erkaklarning namozi
buziladi, agar xotinlarga imom bo’lmoqni niyat qilmagan bo’lsa, xotinlarning namozi
buzilishi shu suratda bo’ladiki, erkak bilan xotin kishi bir namoz uchun taxmira boylagan
bo’lsalar-u ikkovlarining o’qigan namozlari ado namozi bo’lsa.