«Sajadtu lir-rohman va amantu bir-rohman fag’firli zunubi ya rohman. Sami’na va ato’na g’ufronaka robbana va ilaykal masiyr». Ma’nosi: «Alloh uchun sajda qildim va ul Allohga imon keltirdim, bas, mening
gunohlarimni avf qilgin, ey rahmat qiluvchi Alloh. Ey Parvardigorimiz, biz Sening avf
qilmog’ingni eshitdik va ham Senga itoat qildik va oxiratda ham Sening hukmingga roje’
bo’lib va Unga qayturmiz».
– Ushbu sajdaning nechta sharti bor? – Yettita.
– Ular qaysilar? – Namozda bo’lgandek tahoratda bo’lish; badan, libos va o’rinning pok bo’lishi; avrat
berkitilgan bo’lishi; qiblaga qarab turish; niyat qilish.
– Tilovat sajdasida qo’l ko’tarib takbir aytish va ruku’ qilish lozim bo’ladimi? – Takbirda qo’l ko’tarish va ruku’ qilish lozim emas, balki qiyomda turib yoki o’tirib niyat
qilish ila to’g’ri sajdaga ketish lozimdir.
– Namozning sajdasiga o’xshash bu sajda ham ikki marta qilinadimi? – Bir marta qilinadi.
– Bu sajda qay vaqt qilinadi? – Sajda oyatini o’qiganda. Namoz o’qish makruh bo’lmagan vaqtlarda durust bo’ladi.
– Sajda oyati o’qilgach, sajdani shu kun yo shu soatda qilmasdan keyin qilsa, durust bo’ladimi? – Durust bo’ladi, lekin sajda oyatini o’qigan vaqtda tezlik ila qilsa, savobliroqdir.
– Bir kishi sajda oyatlaridan birini namoz ichida o’qisa, nima qiladi? – Sajda oyatini o’qib turib to’xtamasdan ruku’ qilsa, sajda o’rniga o’tadi. Boshqa sajda
qilishi lozim emas. Agar sajda oyatini o’qigan holda ruku’ qilmoqchi, ammo ruku’gacha
yana bir necha oyat o’qimoqchi bo’lsa, unda sajda oyatini o’qigan vaqt takbir aytib
sajdaga boradi-da, bir sajda qilib yana qiyomga qaytadi. So’ng ruku’ qilguncha
o’qimoqchi bo’lgan oyatlarni o’qib, ruku’ qiladi.
– Imom sajda tilovatini qilganida imomga ergashgan kishi va masbuq (namozga kech kirgan kishi) ham sajda qiladimi? – Ular ham imomga ergashgan bo’lib sajda qiladilar.