Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
51
4. Jamoat bo’lmoq uchun imomdan boshqa loaqal uch kishi bo’lmog’i;
5. Peshin namozining vaqti kirmog’i;
6. Juma namozining ikki rakat farzidan ilgari imom xutba o’qimog’i;
– Qanday joylar shaharga hisob qilinadi?
– Bu xususda ixtilof ko’p, ammo ayrim ulamolarning so’zlariga qaraganda, hamma
masjidlardan katta bo’lgan masjid, ya’ni jami odamlari sig’maydigan bo’lsa, qishloq
nomida bo’lsa ham, shahar hisob qilinadi.
– Shaharning atrofida shaharga kerakli yerlarda, masalan, o’q otish, ot choptirish va
askar jam o’tishi, o’lik dafn etish kabi zarur ishlar bo’ladigan yerlarda juma namozi
o’qish durust bo’ladimi?
– Durust bo’ladi, chunki shaharning atrofi hukmi ham shahar hukmidadir.
– Bir kishi juma namoziga oxirida kelib yetishsa, nima qiladi?
– Tezlik bilan imomga ergashishi kerak. Imom salom berganidan so’ng boshqa
namozlardan qolgan rakatlarini masbuqqa o’xshab o’zi tamom qiladi.
– Bir kishi bir uzr sababli yoki uzrsiz juma namoziga yetolmasa, ya’ni kishi masjidga
kelganda imom salom bergan bo’lsa, nima qiladi?
– Peshin namozini o’qiydi.
– Bir kishi biror uzr sababli masjidga borolmay qolsa, nima qiladi?
– Peshin namozini o’qiydi. Agar hech bir uzrsiz xushyoqmaslik qilib bormasa, jumaga
bormaganligi uchun gunohkor bo’ladi. Agar peshinni ham o’qimasa, ziyodaroq gunohkor
bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: