Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
49
– O’rta yurish qanday yurishdir?
– Qo’riq yerda bo’lganda piyoda va tuyada yurishga o’xshash yurishdir. Daryoda
bo’lganda kemaning o’rta shamol bilan yurishidir.
– Musofir sanalishi uchun eng kamida necha chaqirimlik yerga borishni niyat qilgan
bo’lishi kerak?
– Eng kami to’qson chaqirimlik joyga borishni niyat qilishi lozim.
– O’sha yerda turgan vaqti musofirlikka kiradimi yoki muqimlikka kiradimi?
– Musofirlikka kiradi.
– Bir yerga musofir bo’lib borib yetgandan so’ngra o’sha yerda o’n besh kun turishni
niyat qilsa, musofirlikdan chiqadimi?
– Albatta, musofirlikdan chiqadi. Go’yoki uyiga qaytib kelgan kishidek muqim hukmida
bo’ladi.
– Bir yerga musofir bo’lib borib yetgandan keyin o’n besh kun turishni niyat qilmasa, bir-
ikki kundan yoki o’n to’rt kundan so’ng bu yerdan ketmoqchi bo’lsa, o’sha yerda turgan
vaqti musofir bo’ladimi yoki muqim bo’ladimi?
– Musofir bo’ladi.
– Avvaldan u yerda o’n besh kun turishni niyat qilmasdan, biror ish chiqib qolgani
sababli yoki biror xabarga muntazir bo’lganligi sababli o’n besh kunga qadar yoki
ziyodroq turib qolsa, muqim bo’ladimi yo musofir bo’ladimi?
– Hamon musofirligi saqlanadi.
– Bir necha kun turgandan so’ngra o’n besh kun turishni niyat qilsa, musofirlikdan
chiqadimi?
– Albatta chiqadi.
– Bir kishi borgan yerida avvaldan o’n besh kun turishni niyat qilib, muqim hukmida
bo’lsa, lekin bir necha kun turib (o’n besh kun turolmasdan) o’z shahriga qaytsa yoki
boshqa bir safarga chiqsa, muqim bo’ladimi, musofirmi?
– Muqimligi tamom bo’lib, yana musofir hukmiga o’tadi.
– Bir yerga borib yetgandan so’ng o’n besh kun turishni niyat qilib, bir kun turgach, o’n
besh kun to’lguncha u yerdan ketishni niyat qilsa, muqim bo’ladimi yoki musofir
bo’ladimi?
– Musofir bo’ladi.
– Bir kishining ikki shaharda hovlisi bo’lsa, u shaharlarning orasi uch kunlik yo’l bo’lsa,
bir hovlidan ikkinchi hovliga borganda musofir bo’ladimi?
–
Qaysisiga borsa ham, yo’lda musofir bo’ladi, ammo hovli bor shaharga borib kirishligi
bilan musofirligi tamom bo’lib, muqim bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: