Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
52
– Imom minbarda xutba o’qib turganda masjiddagi odamlarga so’zlashish va xutbaga
quloq solmay o’tirish durust bo’ladimi?
– Aslo durust bo’lmaydi. Bunday qilishlik haromdir.
– Zikr yo tasbeh aytish yoki Qur’on tilovat qilish yoxud nafl va sunnat namozlarini o’qib
o’tirish durust bo’ladimi?
– Ushbularning hech biri durust bo’lmaydi. Har kim xatibning xutbadagi so’zlarini
ixlos
ila eshitib, anglab, ibratlanib o’tirishi lozim.
– Xutba qaysi tilda o’qiladi?
– Arab tilida o’qiladi.
– Arabchani bilmagan kishilar xutbadagi va’z va nasihatlarni qanday anglaydilar?
– Har bir musulmon kishi arab tilini bilishga harakat qilishi lozim. Agar jumaga kelgan
jamoatning ko’prog’i arab tilini bilmasa, xatib xutbada o’qilgan va’z va nasihat so’zlarini
xutba oxirida mahalliy tillarda ham anglatmog’i savobliroqdir.
– Bir kishi jome’ masjidga imom minbarga chiqib xutba o’qib turgan vaqtida kelib kirsa,
nima qiladi?
– Kirgan vaqtidan boshlab quloq solib o’tiradi. Tahiyyati masjidni va juma namozining
to’rt rakat sunnatini o’qimaydi.
– Bularni farzdan so’ngra o’qiydimi
?
– To’rt rakat sunnatni o’qiydi, ammo tahiyyati masjid o’qilmagan holicha qoladi.
– Bir kishi tahiyyati masjidni yoki jumaning to’rt rakat sunnatini o’qishni boshlagan
vaqtda imom minbarga chiqib xutba boshlasa, nima qiladi?
– Boshlagan namozni tamom qiladi (to’xtatadi).
Dostları ilə paylaş: