Hayit namozlari – Hayit namozlari kimlarga vojib bo’ladi? – Juma namoziga o’xshash hayit namozining vojib bo’lishiga ham olti shart bordir:
1. Erkak kishi bo’lishi;
2. Ixtiyorli kishi bo’lishi;
3. Salomat kishi bo’lishi;
4. Muqim kishi bo’lishi;
5. Ko’zi ko’radigan bo’lishi;
6. Oyog’i yurishga yaraydigan bo’lishi;
Xotinlarga, sabiylarga, zindondagi kishilarga, ixtiyori o’zida bo’lmaganlarga, bemorlarga,
musofirlarga, ikki ko’zi ko’r kishilarga, oyoqsiz kishilarga hayit namozi vojib bo’lmaydi.
Ular uzrli kishilar hisoblanadilar.
– Uzrli bo’lsalar-da, hayit namozlarini o’qisalar, durust bo’ladimi? – Durust bo’ladi.
– Hayit namozini o’qishning qanday shartlari bor? – Besh sharti bor: birinchisi – juma namozi sharti singari shahar deb ataladigan yerda
o’qilishi; ikkinchisi – har kim kirishga ruxsat berilgan jome’ masjidi bo’lishi; uchinchisi –
imom bo’ladigan kishi mamlakatning podshohi yoki qozisi tarafidan namoz o’qishga izn
olgan kishi bo’lishi; to’rtinchisi – jamoat bo’lmoq uchun imomdan boshqa kamida uch
kishi bo’lishi; beshinchisi – hayit namozining vaqti kirgan bo’lishi lozim.
– Hayit namozlarida xutba o’qish shartmi? – Shart emas, balki sunnatdir. Xutba o’qilmasa ham, namoz durust bo’ladi, lekin
makruhdir.
– Hayit namozining vaqti qaysi vaqtdir? – Oftob chiqib uch gaz ko’tarilgandan boshlab qiyomgacha hayit namozining vaqtidir.
Ammo qiyom vaqtida o’qib bo’lmaydi.
– Biror uzr sababli hayit namozini o’z kunidan qoldirib, kechiktirib o’qisa, durust bo’ladimi? – Fitr hayiti namozini o’z kunidan bir kungina kechiktirsa bo’ladi. Undan ziyoda
kechiktirsa, durust emas. Ammo Qurbon namozini uch kungacha kechiktirsa, durustdir.
Hayit namozining o’qilishi – Hayit namozi necha rakatdir? – Fitr hayiti va Qurbon hayiti namozlari ikki rakatdandir.
– Hayit namozlari qay holda o’qiladi? – Har ikkisi imom va jamoat bilan o’qiladi, hech vaqt yolg’iz o’qilmaydi. Hayit namozlari
uchun azon va iqomat aytiladi.
– Mahalla odamlariga namoz vaqti bo’lganligi qay tariqa bildiriladi? – Muazzin minoraga chiqib bir necha marotaba «As-solatu», deb qichqiradi.
– Hayit namozlarini o’qishga niyat qanday qilinadi?