Ibodati islomiya.
Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
55
qilishni buyurgan. Undan so’ng Ibrohim alayhissalom o’g’lini ozod qilib, uning o’rniga
o’sha qo’yni qurbonlik qilgan. Qurbon hayiti kunida mazkur tariqa
qurbonlik qilish Islom
ahliga Ibrohim alayhissalomdan qolgan amaldir.
Tashriq takbiri
–
Arafa, qurbon hayiti va tashriq kunlarida besh vaqt namozdan so’ngra qanday amal
vojib sanaladi?
– Arafa kuni bomdod namozidan boshlab uchinchi
tashriq kunining asr
namozigacha har bir namozning farzini o’qib salom bergandan so’ng tashriq takbirini
aytish vojibdir.
–
Tashriq takbiri nimadir?
«Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illallohu vallohu akbar. Allohu akbar va
lillahil hamd».
Ya’ni, «Alloh taolo har bir narsadan ulug’roqdir. Alloh taolodan
boshqa ibodat qilinadigan
ma’bud yo’q. Alloh taolo har bir narsadan ulug’roqdir va maqtovlar Alloh taologa
maxsusdir».
–
Ushbu tashriq takbiri imom bilan jamoat bo’lib o’qilganda vojib bo’ladimi yoki tanho
o’qilganda ham vojib bo’ladimi?
– Jamoat bilan o’qilganda ham, tanho o’qilganda ham
vojib bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: