www.ziyouz.com
kutubxonasi
86
– Ushbu tariqa qasamyod qilish durust bo’ladimi?
– Halol, farz va vojib bo’lgan ishni qilish uchun bo’lsa, durust bo’ladi. Masalan, «Billohi,
xotin olaman, namoz o’qiyman va qurbonlik qilaman», deb qasamyod qilsa bo’ladi.
– Agar bir kishi shunaqa qasamyod etsa, nima qilishi lozim?
– Ahdiga vafo qilmog’i lozim. Ya’ni, nima ish uchun qasamyod qilgan bo’lsa, o’sha ishni
ado etmog’i lozim. Ahdiga vafo qilmasa, xonis, ya’ni gunohkor bo’ladi. Xonis bo’lgan
kishi kafforat qiladi.
– Qay tariqa kafforat qiladi?
– Qul ozod qiladi, unga kuchi yetmasa, o’n faqir va bir miskinga to’ygulik taom yoki
taomning pulini beradi, unga ham qodir bo’lmasa, kafforat uchun niyat qilib uch kun
paydar-pay ro’za tutadi.
– Bir kishi bir harom ishni qilaman, deb yoki farz yo vojibni qilmayman, deb qasamyod
qilsa, nima bo’ladi?
– Ahdiga vafo qilmaydi, balki xonis bo’lib kafforat beradi.
Turli duolar
1. Uyqugu yotayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma inni as’aluka bi ismikal ofiyata fid-dunya val axiroti. Allohumma
aslamtu nafsi va favvaztu amri ilayka va roziytu bika robban va bi
Muhammadin sollallohu alayhi vasallam nabiyyan va bil islami diynan».
Ma’nosi: «Yo Rabb, men faqat Sening isming hurmati ila dunyoda va oxiratda salomatlik
va ofiyat talab qilurman. Yo Rabb, men o’zimni va har bir ishimni Senga topshirdim va
ham Seni Xudoyim va Muhammad alayhissalomni payg’ambarim va Islomni dinim, deb
e’tiqod qilganman».
2. Uyqudan turayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Alhamdu lillahillaziy ahyana ba’da ma amatana va ilayhi nushur. Allohumma
aftahli hazal yavma bil xuyuri val hasanati val ihfazni fiyhi minash shururi vas
sayyiati».
Ma’nosi: «Meni uyquga ketkazib, yana turgizgan Allohga hamdlar bo’lsin. Qiyomat
kunida har bir o’lik tirilib Alloh taolo huzuriga keladilar. Ey Alloh, o’sha kuni menga
yaxshilik qilgin va yaxshilik ila ochgin va meni yomonlikdan saqlagin».
3. Kiyim kiyganda ushbu duo o’qiladi:
Dostları ilə paylaş: |