Microsoft Word ibodati islomiya ziyouz com doc


«Allohumma ballig’ savaba ma quri’a fi hazihis-soatish sharifati min kitabikal



Yüklə 307,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/93
tarix14.10.2023
ölçüsü307,84 Kb.
#155265
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya

«Allohumma ballig’ savaba ma quri’a fi hazihis-soatish sharifati min kitabikal 


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
85
karima ila arvahi jami’il muslimina kaffatan va ommatan xususan minhum ila 
arvahi aqribai va asdiqai allazina azkurhum bi lisani».
Ma’nosi: «Yo Rabb, qadrli kitobingdan ushbu sharif soatda o’qiganimning savobini 
musulmon mayyitlarning ruhlariga yetkazgin. Xususan, hozir zikr qilingan o’zimga yaqin 
qarindosh va do’stlarimning ruhlariga yetkazgin». 
Bu duoning o’qigandan so’ng o’zi xesh va do’st tutgan mayyitlarning ismlari va 
otalarining ismlarini bir-bir zikr qiladi. Masalan, ushbu tariqa: «Yo Rabb, ushbu o’qilmish 
Qur’onning savobini otam falonchi falon o’g’lining va do’stim falonchi falon o’g’lining ruhi 
shariflariga yetkazgin». 
Yamin, qasam, ont
– Yamin nima demakdir?
– Ont etmoq va qasamyod qilmoq, demakdir. 
– Nima bilan qasamyod qilinadi?
– Billohi, Vallohi, Tallohi, deb Alloh taolo ismi bilan qasamyod qilinadi. 
– Oy, quyosh, Qur’on, payg’ambar, Ka’ba kabi Alloh taolodan boshqa narsalar ila 
qasamyod qilish durust bo’ladimi?
– Durust bo’lmaydi. 
– Qasam necha turlidir?
– Uch turlidir: haqlik qasami, aldov qasami, ahd qasami. 
– Haqlik qasami qanaqa?
– Haq ishga qasamyod qilishdir. Masalan, bo’lgan ishga «Billohi, bo’ldi», deb va 
bo’lmagan ishga «Billohi, bo’lmadi», deb qasamyod qilish kabi. 
– Ushbu tariqa haq ishga qasamyod qilish durust bo’ladimi?
– Zarur bo’lganda durust bo’ladi, lekin zarur bo’lmaganda arzimas ishlar uchun 
qasamyod qilishdan saqlanish lozim. Chunki har bir ishga qasamyod qilish Alloh taolo 
ismini tahqir va xor etish bo’ladi. 
– Qasam bilan aytilgan so’zga ishonish kerakmi?
– Albatta. Diyonatli va komil musulmon kishining qasamiga ishonish lozim, chunki komil 
musulmon kishi har ishga qasamyod qilavermaydi. 
– Aldov qasam qanaqadir?
– Yolg’on va nohaq ishga qasamyod etishdir. Masalan, bo’lmagan ishni «Billohi, bo’ldi», 
deb va bo’lgan ishni «Billohi, bo’lmadi», deb qasamyod qilish kabi. 
– Ushbu tariqa qasam durust bo’ladimi?
– Hech ham durust bo’lmaydi, g’oyatda katta gunohdir. Yolg’on ishga qasamyod qilgan 
kishi dunyoda va oxiratda ham xor bo’ladi, ofati dunyoda ham zohir bo’lmasdan 
qolmaydi. 
– Bir kishining diliga bir ish bo’ldi, deb o’rnashib qolgan bo’lsa va o’sha ishni bo’lgan 
gumon qilib «Billohi, shu ish bo’ldi», deb qasamyod qilsa, lekin aslida u ish bo’lmagan 
bo’lsa, gunohkor bo’ladimi?
– U yamin «yamini lag’u»dir. Xatolik ila, xotiradan unutish ila bo’lgani uchun gunohkor 
bo’lmasa ham, Alloh taolodan avf so’rashi umidlidir. Lekin shunday shubhali qasamni 
yod qilmaslik lozim. 
– Ahd qasami qanaqa qasam?
– Kelajak zamonda bir ishni qilaman va yo qilmasman, deb qasamyod qilishdir. Ushbu 
tariqa qasam odamlar orasida g’oyatda ko’pdir. Masalan, «Billohi, falon ishni qilaman 
yoki qilmayman», deb qasamyod qilish kabidir. 


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy 

Yüklə 307,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin