Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/150
tarix26.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#148739
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   150
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi (2)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
120
so‘zi ikki toifa farqli ikki ma’noga ishlatadigan mushtarak lafzdir. Nazzor va 
mutakallimlar u bilan shak-shubhadan xoli bo‘lish ma’nosini ta’bir qiladi. Zotan, nafs bir 
narsani tasdiqlashga mayl etishida to‘rtta maqom bor: 
Birinchisida tasdiqlash ham, yolg‘onga chiqarish ham barobardir. Bu hol shak deya ta’bir 
etiladi. Masalan, muayyan bir shaxs haqida sendan, Alloh uni azoblaydimi, yo‘qmi, deb 
so‘ralsa, uning holati senga noma’lum bo‘lsa, unga hukmni isbot yoki inkor etishga 
nafsing moyil bo‘lmasa, balki nazaringda ikki holning imkoni ham barobar bo‘lsa, mana 
shu 
shak
deya nomlanadi. 
Ikkinchi maqom nafsingning ikki holdan biriga moyil bo‘lishidir. Bunda oldingi holning 
ustunligi ikkinchisiga ham bo‘lishi mumkinligini inkor etolmaydi. Masalan, sendan 
salohiyat va taqvo bilan taniydigan kishing haqida, agar u aynan shu holatda vafot etsa, 
jazolanadimi, deb so‘rashsa, nafsing uning jazodan ko‘ra jazolanmasligiga moyil bo‘ladi. 
Buning sababi unda salohiyat alomatlarining borligidir. Shu bilan birga, sen uning 
botinida azobni lozim etadigan ish yashirin bo‘lishini ham joiz sanaysan. Bu joiz 
sanashing yuqoridagi mayling bilan tengdir. Lekin u maylingning ustunligini daf 
etolmaydi. Bu holat 
gumon
deb ataladi. 
Uchinchisi nafsning bir narsani tasdiqlashga moyil bo‘lishidir. Bunda mayl unga g‘olib 
bo‘ladi, xayolga boshqa narsa kelmaydi. Agar kelsa ham, nafs uni qabul qilishdan bosh 
tortadi. Lekin bu narsa haqiqiy ma’rifat bilan bo‘lmaydi. Chunki agar bu maqom sohibi 
yaxshilab o‘ylasa, shubha va 
ehtimol
larga quloq tutsa, tajvizga bag‘rini keng qiladi. Bu 
yaqiynga yaqin 
e’tiqod
deyiladi. U barcha shar’iy ishlardagi avomning e’tiqodidir. Zotan, 
u eshitishning o‘zi bilanoq ko‘ngillarida qaror topganki, hatto har bir toifa o‘z 
mazhabining to‘g‘riligiga, imom va matbu’ining haqligiga ishonadi. Agar birortalariga 
imomning xato qilishi mumkinligini aytilsa, buni qabul qilishdan qochadi. 
To‘rtinchi maqom burhon (hujjat) yo‘li bilan hosil bo‘lgan haqiqiy 
ma’rifatdir
, unda shak 
qilinmaydi, shak tasavvur ham etilmaydi. Agar shubhaning bo‘lishi va imkoni mahol 
sanalsa, bu 
yaqiyn
deyiladi. Bunga misoli: agar oqil kishiga, borliqda qadim bo‘lgan 
narsa bormi, deyilsa, bu savolga badiha bilan javob qilishi mumkin emas. Chunki qadim 
quyoshga ham, oyga ham o‘xshagan hissiy narsa emas, ularning borligini his qilib 
tasdiqlanadi. Qadim narsaning borligini bilish ikkining birdan ko‘p ekanini bilish kabi 
azaliy va zaruriy emas. Balki hodisaning bo‘lishini bilish kabi maholdir. Buning o‘zi ham 
zaruriy. Aqlning tabiiy haqiqati tayyorgarliksiz va badiha yo‘li bilan qadimning borligini 
tasdiqlashdan tiyilishdir. So‘ng odamlardan ayrimlari buni eshitadi-da, eshitish yo‘li 
bilan jazman tasdiq etib, shu holda davom etadi. E’tiqodning o‘zi mana shudir. Barcha 
avom mana shu ahvoldadir. Odamlardan ayrimlari esa, buni burhon bilan tasdiqlaydi. 
Shundayki, unga aytiladi: Agar borliqda qadim narsa bo‘lmasa, mavjudotning hammasi 
hodisdir. Agar uning hammasi hodis bo‘lsa, unda u sababsiz hodisdir yoki sababsiz unda 
hodisdir, bu esa maholdir. Shunda qadim narsaning borligini aqlda tasdiqlash lozim 
bo‘ladi. Bunday qismlar uchta: mavjudotning hammasi qadim yoki hammasi hodis yoki 
ba’zisi qadim, ba’zisi hodis. Agar ularning hammasi qadim bo‘lsa, matlub hosil 
bo‘lgandir. Zotan hammasiga qadimlik sobit bo‘ldi. Agar hammasi hodis bo‘lsa, bu hol 
bo‘lishi mumkin emasdir. Zero, u sababsiz hodisga bois bo‘ladi. Demak, uchinchi yoki 
birinchi qism sobit bo‘ladi. Shunday vajhda sobit bo‘lgan har qanday ilm ularning 
nazdida yaqiyn deya nomlanadi. Uning biz zikr qilgan mulohaza yoxud his yoxud tug‘ma 
aql bilan hosil bo‘lishining farqi yo‘qdir. Bu narsa sababsiz hodisning ro‘y bermasligini 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin