Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/150
tarix26.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#148739
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   150
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi (2)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
121
yoki Makkaning borligini bilish kabi aniq xabarligini, yoxud pishirilgan saqmoniya 
(tibbiyotda ishlatiladigan nodir o‘simlik) yengillashtiruvchiligini bilish tajribaligini yoki 
zikr qilgan dalilimizni bilishga o‘xshaydi. 
Ularning nazarida bu ismni («yaqiyn» so‘zini) ishlatishning sharti shak qilmaslikdir. U 
to‘g‘rida shak etilmaydigan har qanday ilm nazdlarida «yaqiyn» deb nomlanadi. Shunga 
binoan yaqiyn zaiflik bilan sifatlanmaydi. Zero, shakni inkor etishda tafovut yo‘qdir. 
Ikkinchi istiloh – fuqaho, mutasavvif va aksar ulamoning istilohidirki, bunda tajviz va 
shak e’tiboriga qaralmaydi, balki uning aqlga ustun va g‘olib kelishiga e’tibor qilinadi. 
Hatto, falonchining o‘limga yaqiyni zaif, deyiladi, vaholanki, o‘limning haqligida shak 
yo‘q. Falonchining rizq kelishiga yaqiyni kuchli, deyiladi, holbuki, kelmasligi ham 
mumkin. Nafs bir narsani tasdiqlashga qanchalik moyil bo‘lib, u qalbga g‘olib kelsa va 
uni egallab olsa, u nafsdagi tajviz va mone’likni hukm va tasarruf etuvchiga aylanadi. Bu 
esa yaqiyn deb nomlanadi. Odamlar o‘limga qat’iy ishonchda barobardirlar. Lekin 
ularning ichida o‘limga e’tibor bermaydiganlari va tayyorlanmaydiganlari ham bor. Go‘yo 
o‘limga ishonmaydigandek, yaqiyni yo‘qdek. Yana ularning ichida o‘lim qalbini egallab 
olgan, unga tayyorgarlik tashvishiga cho‘kkan va boshqa narsa ko‘ngliga sig‘magan 
kishilar bor. Bunga o‘xshash holatlar haqida «yaqiyni quvvatli» iborasi ishlatiladi. 
Shuning uchun ayrimlar: «O‘limdan-da yaqiynsiz shakka o‘xshagan, ammo shaksiz 
yaqiynni ko‘rmadim», deyishgan. Bu gapni yaqiynning zaiflik va quvvatlik sifatlaridagi 
istilohiga binoan aytishgan. Biz, yaqiynni to‘liq ikki ma’nosida kuchaytirish oxirat 
ulamolarining sha’nidandir, degan so‘zimiz bilan quyidagilarni iroda etgan edik: yaqiyn 
shakni inkor etishdir, so‘ng uning nafsga hukmronlik qilishidirki, to u nafsda hukmron va 
g‘olib bo‘lsin. 
Mana shularni tushungan bo‘lsang, «yaqiyn uch qismdan iboratdir», degan so‘zimizdan 
murod quvvatlilik va zaiflik, ko‘plik va ozlik, maxfiylik va ravshanlik ekanini bilgan 
bo‘lsang kerak. Quvvat va zaiflik ikkinchi istilohga binoandir va u qalbga g‘olib bo‘lish, 
uni egallashda yuzaga keladi. Yaqiynning quvvat va zaiflikdagi ma’nolari darajasi 
tuganmas, benihoyadir. Xalqning o‘limga tayyorgarlikdagi tafovuti yaqiynning mana shu 
ma’nolardagi tafovutiga qarab belgilanadi. Ammo birinchi istilohdagi maxfiylik va 
ravshanlik tafovuti ham, tajvizga olib boradigan ikkinchi istiloh ham inkor etilmaydi. 
Shuningdek, undan shakni yo‘qqa chiqarishni ham inkor etishning iloji yo‘q. Masalan, 
sen Makkaning borligi bilan Fadakning borligini tasdiqlashda farq borligini, Muso (a.s.) 
bilan Yo‘sha’ni (a.s.) tasdiqlashda tafovut mavjudligini bilasan. Shu bilan birga, bular 
to‘g‘risida shakka bormaysan. Chunki barchasining manbasi, suyanchig‘i mutavotir, 
qat’iy. Lekin ularning birinchisini qalbingga yaqinroq va aniqroq ko‘rasan. Chunki 
birinchisining sabablari kuchli. Shuningdek, bu xususda dalillar borasidagi ma’lum 
nazariyalar bilan mulohaza qilgan kishi biladiki, bitta dalil bilan ma’lum bo‘lgan narsa 
ko‘p dalillar bilan ma’lum bo‘lgan narsa kabi emas, garchi shakni inkor etishda ikkovlon 
barobar bo‘lsa ham. Ilmni kitoblardan o‘qish va eshitish orqali oladigan, holatlarning 
tafovutidan idrok etganini o‘zida sinab ko‘rmaydigan mutakallimlar buni inkor qiladi. 
Ozlik va ko‘plik yaqiynga taalluqli narsalarning ko‘pligi bilan bo‘ladi. Masalan, 
falonchining ilmi pistonchinikidan ko‘p, deyilganda, ma’lumoti ko‘p bo‘ladi. Shu bois 
olimning yaqiyni gohida shariatda vorid bo‘lgan barcha narsa to‘g‘risida, gohida ba’zi 
narsalarda kuchli bo‘lishi mumkin. Agar, men yaqiynni, uning quvvat va zaifligini, ko‘p 
va ozligini, oshkor va yashirinini shakni inkor etish yoki qalbni egallashi ma’nosida 
tushundim, endi yaqiynning taalluqli narsalari va o‘zanlarining ma’nosi nima, men 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin