Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
143
yoritib yuborgudek. (olov tekkach esa) nur ustiga nur (bo‘lur)»
(Nur surasi, 35-
oyat). Hech bir ta’limsiz komillikka erishganlar payg‘ambarlardir. Zero, ularning
botinlarida tushunarsiz ishlar hech bir ta’lim va eshitishsiz ma’lum bo‘laveradi. Buni
ilhom deb ataladi. Bunga o‘xshash holat haqida Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam)
shunday deydilar: «Albatta Ruhul quddus ongimga dam urib: «Xohlaganingizni yaxshi
ko‘ring, albatta, undan ajratasiz, xohlaganingizcha yashang, albatta, o‘lursiz.
Xohlaganingizcha
amal qiling, unga qarab jazo-mukofot olasiz», dedi».
211
Maloikalarning
payg‘ambarlarga bu tarzda o‘rgatishlari quloq bilan ovozni eshititadigan, so‘z vositasi
bilan malakni ko‘rinadigan bo‘lgan ravshan vahiy kabi emas. Buning uchun bu haqda
«ongga dam urish» deya xabar berganlar. Vahiyning darajalari esa ko‘pdir. Bu mavzuga
chuqur kirishish
muomala ilmiga munosib emas, balki u mukoshafa ilmidandir.
211. Sheroziy «Alqob» kitobida, Tabaroniy «Asg‘or va Avsat» nomli kitobida rivoyat qilishgan. Ikkoviniki ham zaifdir.
Vahiyning darajalarini bilish vahiy holatini keltirib chiqaradi, deb o‘ylama. Zero, tabib
kasalga tansihatlik darajalarini o‘rgatib, olim fosiqqa adolat darajalarini ta’lim berib
haqiqatdan yiroq emasdir. Demak, ilm bir narsa bo‘lsa, ma’lum qilingan narsa boshqa bir
narsadir. Payg‘ambarlik yoki valiylikni o‘rgangan haq bir kishi payg‘ambar
yoki valiy
bo‘lavermaydi. Taqvo, parhezkorlik va ularning sirlarini bilgan har bir kishi taqvodor
bo‘la olmaydi.
Odamlar turli xil, ba’zilari ko‘zi ochiq, fahm-farosatli, ayrimlari faqat tanbeh, ta’lim
bilan
anglaydi, ba’zilariga esa ta’lim ham, tanbeh ham kor qilmaydi. Bu xilma-xillik tuproq
tarkibining har xil bo‘linishiga o‘xshaydi. Ya’ni, ba’zi yerlarda suv to‘planadi va so‘ng
buloq bo‘lib oqib chiqadi, ayrim yerlarga ariq qazib, suv olib boriladi, ayrimlariga esa,
suv borgan-bormaganining farqi yo‘q.
Xuddi shuningdek, odamlar ham aql g‘arizasida
farqlanadi. Aqllarning naql jihatidan tafovutiga Abdulloh ibn Salom rivoyat qilgan hadis
dalolat etadi. Arshning ulkanligi vasf etilgan uzun hadisda Payg‘ambar (sollallohu alayhi
vasallam) aytadilar: «Farishtalar: «Yo Rabbimiz, Arshdan ham ulkanroq narsa
yaratganmisan?» deyishdi. U zot: «Ha, u aqldir», deya javob qildi. «Uning o‘lchovini
nima bilan bilsa bo‘ladi?» deyishganida, Alloh: «Hayhot, uning ilmini ihota qilib bo‘lmas,
sizlar qum sonini bilarmisizlar?» dedi. Ular: «Yo‘q»,
deya javob berishdi, Alloh shunday
dedi: «Men aqlni qum adadicha turli-tuman qilib yaratdim. Odamlardan ba’zilariga bir
dona-bir donadan berilgan bo‘lsa, ayrimlariga ikki dona berilgan, yana boshqalariga uch,
to‘rt dona ato etilgan. Ulardan faraq miqdori,
vasaq miqdori, va undan ham ko‘p
berilganlari bor» dedi».
212
212. Ibn Mijbar mukammal holda va Termiziy qisqa holda rivoyat qilishgan.
Agar, mutasavviflardan bir qavm nega aql va ma’qulni (aql yetgan narsani) mazammat
etishadi, deb so‘rasang, bilgilki, buning sababi odamlar aql va ma’qulning ma’nosini
mujodala va munozaraga ko‘chirganlaridir. Vaholanki, mujodala va munozara kalom
san’ati edi. O‘zlari esa nomlashda xato qildingiz, deya uni isbotlashni eplolmadi. Demak,
bu
tillarda aylanib, qalblarda qaror topgandan keyin, aql va ma’qulni mazammat etdilar.
Ularning nazdidagi ma’no shudir. Ammo Holiqni tanitadigan, payg‘ambarlarning haqligini
bildiradigan botin basirat nurini Alloh taolo maqtab turgani holda,
qanday qilib, uni
qoralash mumkin?! Agar u mazammat etilsa, boshqa nimani maqtab bo‘ladi?! Agar
shariat maqtalsa, uning durustligi nima bilan bilinadi? Ishonchsiz, yolg‘on aql bilan