Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc


O‘rganish farzi kifoya bo‘lgan ilmning bayoni



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/150
tarix26.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#148739
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   150
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi (2)

O‘rganish farzi kifoya bo‘lgan ilmning bayoni
Bilgilki, ilmlarning turlarini bilmasdan turib, ularning farz bo‘lgani va bo‘lmaganini 
ajratish mumkin emas. Bizning maqsadga ko‘ra, ilmlar shar’iy va noshar’iy qismlarga 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
28
bo‘linadi. Shar’iy ilmlardan maqsad payg‘ambarlardan o‘rganilgan, hisob kabi aql bilan 
bilinmaydigan, tibbiyot kabi tajriba bilan hosil bo‘lmaydigan, til kabi eshitish bilan 
vujudga kelmaydigan ilmlar nazarda tutiladi. 
Shar’iy bo‘lmagan ilmlar mahmud (maqtalgan), mazmum (qoralangan), mubohga 
bo‘linadi.
Mahmud ilmlar 
dunyo manfaatlari ularga bog‘langan ilmlardir. Masalan, hisob-kitob, 
tibbiyot. Bu qism ilmlarning o‘rganish farzi kifoya bo‘lganlari bor, farz bo‘lmasdan, fazilat 
sanalganlari bor. Farzi kifoya ilmlar dunyo ishlarini qoyim qilishga kerak bo‘ladigan 
ilmlardir. Masalan, tib ilmi inson jismining sog‘lom turishi uchun zarur, hisob-kitob ilmi 
esa, muomalalarda, merosu vasiyatlarning taqsimotida kerak bo‘ladi. Bu ilmlardan 
birortasi biror shaharda bo‘lmay qolsa, shahar ahlining barchasi gunohkor bo‘ladi. Agar 
uni bir kishi o‘rgansa, kifoya qilib, uni o‘rganish farzi qolganlardan soqit bo‘ladi. Tibbiyot 
va hisob-kitobni farzi kifoya degan so‘zimizdan ajablanmaslik kerak. Aslida, sanoatning 
boshqa sohalari - dehqonchilik, to‘qimachilik, siyosat ilmi, hattoki, qon olish kasbi va 
tikuvchilik ham farzi kifoyadir. Zero, bir mamlakatda qon oluvchi do‘xtir topilmasa, ular 
kasallikka yuz tutishlari turgan gap. Bu kasb yo‘qligi tufayli odamlar halok bo‘lsa, 
ularning barchalari gunohkor bo‘ladi. Zero, kasallikni bergan Zot uning da’vosini ham 
bergan va muolaja yo‘lini ko‘rsatgan, sabablarni hozirlab qo‘ygan. Bunga e’tibor qilmay, 
halokatga ro‘baro‘ bo‘lish joiz emas. 
Fazilat sanalgan ilmlarga hisob-kitobning daqiq jihatlari, tibbiyotning nozik qirralarini 
chuqur o‘rganish kiradi. Chunki farzi kifoya bo‘lgan ilmlarni nozik jihatlari bilan chuqur 
o‘rganish zarur ilmni ziyodasi bilan bilish, demakdir. 
Mazmum ilmlar 
sehr, tilsimot, ko‘z bog‘lash va talbis (bir narsani haqiqatidan boshqacha 
qilib ko‘rsatish) kabilardir. 
Muboh bo‘lgan ilmlarga
esa, mubolag‘asiz yozilgan she’rlarni bilish, qadim tarix bilan 
shug‘ullanish va shu kabilar kiradi.
Shar’iy ilmlarning barchasi mahmud-maqtalgandir. Gohida asli qoralangan, lekin shar’iy 
deb gumon qilingan ba’zi ilmlar shar’iy ilmlarga aralashib ketishi mumkin. Shuning 
uchun shar’iy ilmlarni ham maqtalgan va qoralangan qismlarga bo‘lamiz.
Mahmud bo‘lgan shar’iy ilmlarning 
asoslari, qo‘shimchalari, muqaddimalari va 
to‘ldiruvchilari 
bor.
Asos bo‘lgan ilmlar to‘rttadir: 
1. Alloh taoloning kitobi. 
2. Payg‘ambarning (sollallohu alayhi vasallam) sunnatlari.
3. Ummatning ijmo’si.
4. Sahobiylar asarlari. 
Ijmo’ sunnatga dalolat qilgani uchun asos ilm sanaladi. U uchinchi darajadagi asosdir. 
Sahobalarning so‘zlari ham sunnatga dalolat qilgani uchun asos ilmdir. Chunki sahobalar 
Qur’on nozil bo‘lishini ko‘zlari bilan ko‘rib turishgan, boshqalar idrok etmagan 
holatlarning shohidi bo‘lishgan. Ba’zan ko‘rish bilan idrok etilgan narsani so‘z bilan 
anglash mumkin bo‘lmaydi. Shu sababdan ulamolar sahobalarga iqtido qilish, ularning 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin