Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc


«Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlarigina qo‘rqur»



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/150
tarix26.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#148739
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   150
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi (2)

«Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlarigina qo‘rqur»
(Fotir surasi, 28-
oyat), deb aytgan. Shundan bo‘lsa kerakki, olimlardan biri: «Biz ilmni Allohdan boshqa 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
79
uchun o‘rganmoqchi bo‘ldik, ammo ilm Allohdan boshqasi uchun bo‘lishdan bosh tortdi», 
deydi. Bu degani: «Ilm bizdan bosh tortdi, haqiqatini kashf qilmadi, faqat qobig‘i, 
lafzlarinigina izhor qildi», deganidir. 
Agar sen, bir guruh ulamo, fuqaholarni ko‘rdim, ular furu’ va usul ilmlarida yetuk 
darajaga erishganlar, hatto xalq ularni hurmat-e’tibor bilan eslaydi, vaholanki, ular 
mazmum xulqlardan poklanmaganlar, deb aytsang, senga javoban shunday deyiladi: 
Ilmlar martabasi va oxirat ilmini bilganingdan so‘ng, yuqoridagi kabi olimlar mashg‘ul 
bo‘lgan ilmlarning foydasi ozligi va Allohga qurbat niyatida qilingandagina ilm foyda 
berishi senga ayon bo‘ladi. Bu haqda biz yuqorida ishoralar keltirdik. Unga qo‘shimcha 
va izohlar, inshaalloh, yana zikr etiladi. 
Ikkinchi vazifa:
Ilm tolibi dunyoviy mashg‘ulotlarini ozaytirmog‘i, ahli va vatanidan 
yiroqda bo‘lmog‘i lozim. Chunki ular bilan aloqa talabani maqsadidan chalg‘itadi. Alloh 
taolo:
«Alloh bir kishining ichida ikki qalb qilgan emasdir»
(Ahzob surasi, 4-oyat), deydi.
Fikrlar turli tomonga sochilgani sayin, narsaning haqiqatini bilish qiyinlashaveradi. 
Shuning uchun hukamolar: «Sen o‘zingni ilmga to‘la bag‘ishlamaguningcha ilm senga 
biror narsasini bermaydi. Butun borlig‘ingni ilmga bag‘ishlaganingda ham, uning biror 
qismiga yetishishing yana dargumon», deyishgan. Har tarafga sochilgan fikr, xayol 
ko‘plab ariqlarga tarqalib ketgan suvga o‘xshaydi. Uning bir qismini yer shimadi, qolgani 
havoda bug‘lanadi, ekinga hech narsa yetib bormaydi. 
Uchinchi vazifa:
Talaba ilmiga kibrlanmasligi, ustoziga qarshi chiqmasligi shart. Balki 
barcha ishda butunlay ishining jilovini muallimiga topshirmog‘i, johil kasalning mehribon 
va hoziq tabibga quloq tutganidek, uning nasihatiga quloq solmog‘i, unga tavoze’ 
ko‘rsatmog‘i, xizmatini qilish bilan savob va sharaf talab etmog‘i lozim. Sha’biy 
aytadilar: «Zayd ibn Sobit (r.a.) janoza namozini o‘qib bo‘lgach, xachirini olib kelishdi. U 
kishi endi minmoqchi bo‘lganlarida, Ibn Abbos (r.a.) kelib, xachirning uzangisidan 
ushladilar. Shunda Zayd: «Ey Rasulullohning amakivachchasi, qo‘ying!» dedilar. Ibn 
Abbos esa: «Ulamo va ulug‘ kishilarga shunday muomala qilishga buyurilganmiz», deya 
javob berdilar. Bu so‘zlarni eshitgan Zayd ibn Sobit (r.a.) u zotning qo‘llarini o‘pdilar va: 
«Biz ham Payg‘ambarimiz ahli baytlariga ehtirom ko‘rsatishga amr etilganmiz»,
128
dedilar. 
128. Tabaroniy, Hokim va Bayhaqiylar rivoyat qilishgan. Hokim Muslim shartlariga binoan isnodi sahih, degan. 
Janob Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Laganbardorlik mo‘minning xulqi 
emasdir. Faqat ilm talabida mumkindir»,
129
deganlar. 
Tolibi ilm ustoziga takabburlik qilishi joiz emas. Mashhur, nomdor ustozlardan 
boshqasidan so‘rashdan o‘zni katta olish ayni ahmoqlikdir. Chunki ilm najot va saodat 
sababchisidir, o‘ziga tashlanmoqchi bo‘layotgan yirtqichdan qutulish uchun yordam 
beradigan kishining mashhur yoki mashhur emasligiga qarab o‘tirilmaydi. Allohni 
tanimaydiganlarga tashlanadigan jahannam yirtqichlari esa, dunyodagi har qanday 
yirtqich hayvondan vajohatliroqdir. Qolaversa, hikmat mo‘minning yo‘qotgan moli, uni 
qaerda topsa, olaveradi va uni topishda yordamlashgan kishiga kim bo‘lishidan qat’iy 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin